Misrda dunyodagi eng yirik muzey ochildi

Share post:

Yigirma yillik qurilishdan so‘ng Gizadagi Buyuk Misr muzeyi rasman o‘z eshiklarini ochdi – endilikda muzey mamlakatdagi eng yirik va dunyodagi eng katta arxeologik muzeylardan biri bo`ladi

Loyiha 1 milliard dollarga baholanmoqda va muzeyning umumiy kolleksiyasi Qadimgi Misr tarixining ming yilliklarini qamrab olgan taxminan 50 000 ta eksponatdan iborat.

Eng muhimlari orasida fir’avn Ramzes II ning 3200 yoshdan oshgan haykali va Tutanxamon xazinalarining to‘liq to‘plami, qariyb bir asr oldin qabri topilganidan beri birinchi marta to‘liq ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.

Misr rasmiylariga ko‘ra, muzey yangi sayyohlik maskaniga aylanishi kutilmoqda. 2030-yilga kelib, u butun dunyodan 30 millionga yaqin sayyohni jalb qilishi rejalashtirilgan

Ochilish marosimi ham yirik tadbir bo‘lib, unda butun dunyodan davlat rahbarlari, qirollik xonadonlari vakillari, madaniyat arboblari ishtirok etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Met Gala-2026” qanday o‘tdi?

Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining “Met Gala” marosimi moda olamidagi eng tomoshabop voqealardan biri hisoblanadi. Ushbu bal an’anaviy tarzda Kostyum...

Yo‘qotilgan “Oskar” topildi

Rossiyalik rejissyor Pavel Talankinning “Janob Hech Kim Putinga Qarshi” (“Mr. Nobody Against Putin”2025) hujjatli filmi uchun qo‘lga kiritgan...

Pop yulduzi Jastin Biber yana bir rekord o‘rnatdi

U Spotify platformasida oylik tinglovchilar soni bo‘yicha shaxsiy rekordiga erishdi. Xonandaning oylik tinglovchilari soni 139 milliondan oshdi. Bu...

Meril Strip zamonaviy filmlar haqida tanqidiy fikr bildirdi

Meril Strip hozirda suratga olinayotgan kinolarda superqahramon hikoyasi ko‘p uchrayotgani, bu esa murakkab va o‘ziga xos xarakterli obrazlarning...