BTS guruhi faoliyati davomidagi eng katta konsert turiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Share post:

BTS  guruhi to‘rt yillik tanaffusdan keyin yana sahnaga qaytmoqda

Bloomberg nashrining xabar berishicha, K-pop guruhi 2026-yil mart oyi oxirida yangi albom chiqarishni rejalashtirgan. Guruh dunyo bo‘ylab 65 ta, shu jumladan, Shimoliy Amerikada 30 dan ortiq konsert berish g‘oyasi borligini aytib o‘tgan.

Bloomberg nashrining bu xabarlarini Hybe korporatsiyasi rad etdi va BTSning yangi dunyo gastrollarining sanalari va ko‘lami haqidagi ma’lumotlar hali yakunlangani yo‘qligi haqida  xabar berdi.

BTSning so‘nggi to‘liq gastroli 2019-yilda bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng, COVID-19 pandemiyasi tufayli gastrollar to‘xtatilgan. 2020 va 2021 yillardagi gastrol konsertlari bekor qilingan. Guruhning yakuniy konserti 2022-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan, shundan so‘ng esa K-pop guruhi a’zolari Janubiy Koreyada majburiy bo‘lgan harbiy xizmatga jo‘nab ketishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....