Oksana Samoylova va Djigan o‘rtasidagi ajrashish bo‘yicha birinchi sud muhokamasi qanday o‘tdi?

Share post:

Kecha Moskva sudida Djigan va Oksana Samoylova o‘rtasidagi ajrashish jarayoni bo‘yicha dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tez va oshkora o‘tdi – reper kelmadi, Oksana esa shaxsan ishtirok etdi, deb xabar beradi RIA Novosti muxbiri.

“Djigan ulg‘ayishi kerak, bu esa bir kechada bo‘lmaydi 17 yildan beri kutaman afsus natija yo‘q. Bugun kelmasligini sezgan edim. O‘zi 20-sentabrdan beri ko‘rishganimiz yo‘q. Bolalar xohlaganlarida otasi bilan, xohlaganlarida esa men bilan”, – deb izoh berdi Samoylova Super.ru nashriga bergan intervyusida.

Oksananing advokati taraflar iltimosnoma bilan chiqqani, hozircha bolalar va mol-mulk bo‘yicha nizo yo‘qligini ma’lum qildi. Biroq, Djigan Samoylova bilan yarashish uchun uch oy so‘radi. Keyingi sud majlisi 17-noyabrga belgilangan.

“Sud jarayoni juda qisqa o‘tdi. Hech narsa muhokama qilinmadi; tomonlar iltimosnoma bilan chiqdi. Ayblanuvchi yarashuv muddatini so‘radi. Bugungi kunga kelib, bolalar va mol-mulk bo‘yicha hech qanday nizo yo‘q. Menimcha, bolalar onasi bilan qolishi mantiqan to‘g‘ri keladi”, – dedi Samoylovaning advokati Super.ru nashriga.

Eslatib o‘tamiz, yulduzlar oilasi o‘rtasidagi kelishmovchilik haqidagi mish-mishlar birinchi marta yozda paydo bo‘lgan edi. Bu er-xotinning xatti-harakatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi: So‘nggi paytlarda Djigan qizil gilamlarda yolg‘iz yoki farzandlari bilan tez-tez ko‘rinish berayotgan bir paytda, oktabr oyi boshida uning rafiqasi Oksana Parijdagi moda haftaligiga yolg‘iz yo‘l oldi.

Biroq, er-xotinning ajralishi haqidagi mish-mishlar 9-oktabr kuni tasdiqlandi. Keyin Oksana Samoylova Djigan bilan ajrashish uchun ariza bergani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta o‘tgach, 16-oktabr kuni bloger birinchi marta reper bilan ajrashganini oshkora tasdiqladi.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS guruhi faoliyati davomidagi eng katta konsert turiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

BTS  guruhi to‘rt yillik tanaffusdan keyin yana sahnaga qaytmoqda Bloomberg nashrining xabar berishicha, K-pop guruhi 2026-yil mart oyi oxirida...

Xonanda Dua Lipa Buyuk Britaniyaning 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat mashhurlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Pop musiqasi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Dua Lipa 2025-yilga kelib Buyuk Britaniya va Irlandiyada 30 yoshgacha bo‘lgan eng...

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi

O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi,...

Rossiyalik san’atkor Mariya Melnikova o‘zbek milliy libosida sahnaga chiqdi

25-oktyabr kuni Rossiya shou biznesining yorqin vakili Mot o‘zining yakkaxon konsert dasturi bilan Toshkentga tashrif buyurdi. Konsert davomida ijodkorning...