Robert De Niro “Soʻnggi marta” erishmoqchi boʻlgan maqsadini e’lon qildi

Date:

Share post:

Qilolamanmi bilmayman lekin avval “Buni qilishni xohlayman” deb oʻylardim Robert De Niro barcha filmlarin tomosha qilishni xohlaydi, lekin bunga vaqti yetishiga ishonchi komil emas.

Hozirda Netflix’ning “0-kun” serialida rol o‘ynayotgan mashhur aktyor, “Taksi haydovchisi”, “Yaxshi do‘stlar” va “Xea” kabi afsonaviy filmlarda ishtirok etgan.

81 yoshli Robert De Niro 1965-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan va Martin Skorseze, Frensis Ford Koppola va Kventin Tarantino kabi mashhur rejissyorlar bilan ishlagan. U 100 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.

Shuningdek, u “Cho‘qintirgan ota 2” va “Gullagan oy qotillari” filmlari uchun ikkita Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.

Ko‘plab filmlari shuhrat qozongan bo‘lishiga qaramasdan, De Niro shaxsiy hayotida hanuz amalga oshira olmagan maqsadi bor. GQ’ga bergan intervyusida u shunday dedi: “Men har doim barcha filmlarimni tomosha qilishni, ularni ketma-ketlikda ko‘rib chiqishni va hayotim davomida qilgan barcha ishlarimni yana bir bor ko‘rishni xohlardim” deb aytgan.

Aktor g‘amgin ohangda: Buni qila olamanmi yoki yo‘q bilmayman, lekin avvallari “Buni qilishni xohlayman deb o‘ylardim” deb qo‘shimcha qilgan.

Yaqinda 80 yoshida yana ota bo‘lgan De Niro endi filmlarni tomosha qilishga vaqti yo‘qligini sababini esa bolalar dasturlarining muxlisi ekanini tan olgan edi.

20-fevral, payshanba kuni BBC Radiosining 2-boshlovchisi Skott Mills bilan suhbatda aktyor: “Keragicha film ko‘rmayman”, — deb aytgan.

U so‘zini shunday davom ettirgan:
“Shunchaki hammasiga ulgurishni xohlayman, lekin dolzarb xabarlar, ya’ni shunga o‘xshash yangiliklar dasturlarini tomosha qilaman. Endi esa kichik qizim bilan birga “The Wiggles bolalar guruhi” va “Miss Reychel blogeri”ni tomosha qilmoqdaman degan.

Boshqa tomondan, The Guardian’ga bergan intervyusida aktyordan AQSh prezidentining yanvar oyida prezidentlik lavozimiga qayta saylanganidan keyin undan umidvormisiz yoki umidsizmisiz deb so‘rashganda, Donald Tramp haqida odatdagidek ochiq gapirish o‘rniga sukut saqlagan.

De Niro: “Umidsiz emasman” — deb javob bergan.

“Chunki men har doim voqealarning yaxshi tomonini ko‘rishga va hammasi o‘z-o‘zidan izga tushishiga, odamlar yaxshilikni qadrlashiga hamda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga harakat qilishiga umid qilaman.”

U so‘zini shunday davom ettirgan: “Ba’zilar voqealarga boshqacha nigoh bilan qaraydi” — degan.

“Ular boshqa qadriyatlarga ega. Bu meni bezovta qiladi. Buni tushuna olmayman. Lekin men voqealarga optimistik qarashga majburman.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jorj Klunining yangi imidji muxlislarini hayron qoldirdi

Aktyor rafiqasining uning yangi ko‘rinishidan nafratlanayotganini aytdi.  Jorj Klunining yangi soch stili, muxlislarining hayratli reaksiyalarini keltirib chiqardi. Tomoshabinlar bu...

Fevral oyi oxirida “Sussex” gersoginiyasi o‘z brendining yangilanishini e’lon qildi

Megan Marklning yangi turmush tarziga oid “As Ever” nomli brendi rasman ishga tushdi.Sussex gersoginyasi chorshanba kuni yangilangan loyihasini...

 Stilisti e’lon qildi: Zendaya Tom Holland bilan qachon turmush quradi?

“O‘rgimchak odam” filmining yulduzi 2024-yil ta’til mavsumida Zendayaga turmush qurishni taklif qilgani aytilmoqda. Zendayaning stilisti Lou Rouch yaqinda bergan...

Timoti Shalamening onasi Kayli Jenner haqida fikr bildirdi

Jenner va Shalame o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yil aprel oyida e’lon qilingan edi. Timoti Shalamening onasi Flender, o‘g‘lining Kayli Jenner bilan...