Donatella Versache “Qattiqqo‘l xonim 2” filmiga qo‘shildi

Share post:

Italiyalik mashhur modelyer Donatella Versache afsonaviy filmning davomi — “Qattiqqo‘l xonim 2” (“The Devil Wears Prada 2”) suratga olish jarayonida ishtirok etayotgani ma’lum bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, 70 yoshli dizayner filmda o‘zi sifatida qatnashmoqda. Qizig‘i shundaki, birinchi qismda uning familiyasi bir necha bor hurmat bilan tilga olingan edi, endi esa Donatella kameralar qarshisida shaxsan paydo bo‘ladi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, u suratga olish maydonchasida ko‘k rangli kostyumda, ko‘zoynakda va juda xotirjam, baxtiyor holatda ko‘ringan. Filmning syujeti hozircha sir saqlanmoqda, ammo Versace’ning ishtiroki moda olamining haqiqiy ramzi sifatida filmga alohida joziba qo‘shishi kutilmoqda.

Donatella Versache 1997-yildan 2025-yilgacha Versace modalar uyining bosh dizayneri bo‘lgan, hozirda esa brendning rasmiy ambassadorkasi hisoblanadi.

Filmning premyerasi 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi — bu esa birinchi film chiqqaniga 20 yil to‘lishi bilan ayni bir vaqtda nishonlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...