Italiyalik aktrisa Klaudiya Kardinale vafot etdi

Share post:

Italiya va jahon kinosining afsonaviy aktrisasi Klaudiya Kardinale 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U so‘nggi yillarda Fransiyaning Nemur shahrida yashab kelgan va farzandlari davrasida vafot etgani xabar qilindi.

Aktrisaning agenti Loran Savri uni “erkin va ilhom beruvchi ayol, ijodida ham, hayotida ham o‘ziga xos meros qoldirgan inson” sifatida esladi.

U 1958-yilda katta ekranda ilk bora paydo bo‘lib, oradan ikki yil o‘tib Yevropa kinosining eng yorqin yuzlaridan biriga aylandi. 1960-yilda Alan Delon bilan birga suratga tushgan “Rokko va uning birodarlari” filmi uni xalqaro miqyosda tanitdi. Keyinchalik u mashhur rejissyorlarning asarlarida bosh rollarni ijro etdi:

  • Federiko Fellinining “8 ½”,
  • Serjio Leonening “Bir paytlar Yovvoyi G‘arbda”,
  • Lukino Viskontining “Leopard”,
  • Bleyk Edvardsning “Pushti pantera” filmlari unga jahon miqyosida shuhrat olib keldi.

1969-yilda aktrisa Mixail Kalatozovning “Qizil chodir” filmida suratga tushdi. Kardinale keyinchalik bu ishni “unutib bo‘lmas tajriba” deb atagan. O‘sha paytda u millionlab sovet muxlislarining go‘zallik ramziga aylangan edi.

Uning ijodiy faoliyati qariyb 60 yil davom etdi va 150 dan ortiq filmlarni o‘z ichiga oldi. Aktrisaning so‘nggi ishi 2015-yilda suratga olingan “Rim uchrashuvlari” filmi bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

O‘zbek kinosida yangi davr: Soha to‘liq isloh qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni kinoijodkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida mamlakat kinematografiyasini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim tashabbuslarni e’lon...

Zulfiqor Musoqovga prezident sovg‘asi sifatida xonadon berildi

O‘zbek kinosining taniqli vakili, rejissyor va ssenariynavis Zulfiqor Musoqovga prezident sovg‘asi sifatida Yangi Toshkentdan uch xonali xonadon topshirildi.Zulfiqor...

Hande Erchel Instagram’dagi bitta reklama uchun qancha oladi?

Mashhur turk aktrisasi Hande Erchelning Instagram’dagi reklama xizmatlari narxi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Turkiyaning Ensonhaber nashri xabariga ko‘ra,...

Mashhur yapon yozuvchisi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi

Yaponiyalik taniqli yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktyabr kuni uning kitoblarini...