Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan “Emmy —2025” mukofotlari televideniya olamining eng nufuzli nomlarini qizil gilamda jamladi.
Kecha davomida faqat g‘oliblar emas balki mashhurlar tanlagan moda uslublari ham mukofotlarning o‘zi qadar muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sidni Svini qizil gilamga qisqa shleyfli va yelkasi ochiq qizil libosda chiqdi. Ko‘rinishini brilliant taqinchoqlar — marjon va uzuklar bilan to‘ldirgan aktrisa, bo‘yanishda esa tabiiy uslubni tanladi.

“Wednesday” seriali yulduzi Jenna Ortega, 22 yoshda bo‘lishiga qaramay, yana bir bor uslub ikoni ekanini isbotladi.

Ortega qizil gilamga Givenchy’ning 2025 Kuz/Qish kolleksiyasidagi libosda chiqdi.

Aktrisa faqatgina yirik, vintaj toshlar bilan bezatilgan ustki kiyimda porlab turardi.

“Only Murders in the Building” seriali yulduzi Selena Gomes bir yelkasi ochiq, uzun shleyfli “Louis Vuitton” libosi bilan go‘yoki nafislik sirini ochib qo‘ygandek edi…

“Palm Royale” seriali orqali tanilgan Lesli Bibb “Giorgio Armani Privé” libosida qizil gilamda ko‘zlarni qamashtirdi. Mukammal ishlov berilgan libosi bilan Bibb nihoyatda nafis ko‘rindi.

“Sirens” va “White Lotus” seriallaridan tanish bo‘lgan Megann Feyi qizil gilamga qora “Valentino” libosida chiqdi. Ochiq yoqali libosini 11 karatdan ortiq brilliant toshlar bilan bezatilgan “Tiffany & Co.” imzoli marjon bilan to‘ldirdi.

“The White Lotus”ning 3-mavsumida ham rol olgan qo‘shiqchi Liza “Lever Couture” libosida go‘yo paxta shakariga o‘xshab ko‘rinardi.

Lizaning libosi o‘zining aylana shaklli dizayni bilan ko‘zlarni quvontirdi.

Go‘zalligi bilan barcha nigohlarni o‘ziga qaratgan Ketrin Zeta-Jons qora libosida nihoyatda nafis ko‘rinardi.

Oqshomning eng porlagan yulduzlaridan biri Kristen Bell bo‘ldi. Aktrisa “Giorgio Armani Privé” libosida qizil gilamga chiqib, payetlar va kristallar bilan bezatilgan shaffof ko‘ylagi bilan e’tibor markazida bo‘ldi.

“The White Lotus”ning yana bir yulduzi Sharlotta “Le Bon Courrèges” imzoli uzun yengli kumushrang libosi bilan qizil gilamda maftunkor ko‘rinish berdi.

“9-1-1” seriali aktrisasi Anjela Basset “Yara Shoemaker” imzoli libosida qizil gilamda maftunkor ko‘rinish berdi. U yelkasi ochiq metallik dizaynli ko‘ylagini bo‘sh to‘lqinli soch turmagi bilan to‘ldirdi.

“The Last of Us” yulduzi Pedro Paskal “Celine” imzoli bir xil rangdagi fil suyagi tusidagi kostyumi va oq tuflilari bilan juda ham chiroyli ko‘rinardi.

Netflix’ning romantik komediyasi “Nobody Wants This” seriali orqali tanilgan Jastin “Lupe Carolina Herrera” imzoli libosi bilan oqshomning eng nafis yulduzlaridan biriga aylandi.

“The White Lotus”dan ilhomni qizil gilamga olib chiqqan Uolton Goggins “Louis Vuitton”ning qulay va nafis uslubini namoyish etdi.

“The Bear” seriali orqali tanilgan Molli Gordon yaqinda vafot etgan “Jorjio Armani”ning 1996-yil Kuz/Qish kolleksiyasidan libos tanladi. U qora-oq blokli ko‘ylagini “Tiffany & Co.” arxiviga mansub platina va brilliant marjon bilan to‘ldirdi.

Go‘zal aktrisa Skarlett Yoxansson sariq “sariyog‘” tusidagi libosida juda ham sodda ko‘rinardi…

Skarlett Yoxansson

Adam Brodi va Leyton Mister

Leyton Mister

Malin Akerman

Keyt Blanshett

Xelsi

Kristin Milioti

Fiona Durif

Lianna Morgan

Leyni Uilson

Britt Louer

Sara Foster

Parker Pouzi

Tomas Kayl va Mishel Uilyams

Xanna Eynbinder

Eymi Lu Vud

Sara Polson

