O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga rahbar tayinlandi

Share post:

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, Farrux Yunusov O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Madaniyat Vazirligi Matbuot ximati ma’lum qildi.

Mazkur tayinlov jamoaga O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda e’lon qilindi. Yig‘ilishda Markazning markaziy apparati xodimlari hamda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli ijodiy jamoasi ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Bahodir Ahmedov Farrux Yunusovni tabriklab, maqom san’ati yo‘nalishida yangi tashabbus va amaliy yondashuvlarni amalga oshirishini ta’kidladi. Shuningdek, milliy san’atimizni targ‘ib etishda tizimli loyihalar ustida ishlash bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Farrux Yunusov Madaniyat vazirligi tizimidagi turli muassasalarda –“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat vazirligining markaziy apparatining ijodiy va tashkiliy lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Xususan, u ijodkor yoshlar bilan ishlash, xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirish, tanlovlarni rejalashtirish va o‘tkazish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surgan.

Shuningdek, u tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Bugungi tayinlov Farrux Yunusovning san’at va madaniyat sohasidagi ko‘p yillik tajribasi, tashkilotchilik salohiyati va ijodiy qarashlariga berilgan ishonch ifodasidir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...