Sayentolog Tom Kruz va Ana De Armasning halokatga mahkum ekanligini aniqladi

Share post:

Barchaning nigohi 63 yoshli Tom Kruz va undan 26 yosh kichik bo‘lgan yangi sevgilisida

Ular Vermontdagi uning uyiga yaqin joyda qo‘l ushlashgancha ko‘rinish berishdi. Ammo Kruzning oldingi munosabatlarini biladiganlarning fikricha, dindor katolik oilada voyaga yetgan Armas dunyodagi eng mashhur sayentolog bilan munosabat boshlashda haqiqiy “Imkonsiz missiya”ga kirishmoqda.“Tom Kruzning ishq hayoti uzoqqa bormaydi” — dedi 2010-yilda cherkovni tark etgan va asoschi L. Ron Xabbardning o‘zi tayyorlagan eng yuqori lavozimli sobiq sayentologlardan biri Karen de la Karrier “Daily Mail”ga.

“Dastlab asal oyi davri bo‘ladi lekin keyin haqiqat yuzaga chiqadi.”

De la Karrierning aytishicha, bu haqiqat odatda Kruzning sevgililari yoki xotinlari sayentologiyaning boshlang‘ich kurslarini o‘qib, “auditing” seanslariga qatnashishni boshlaganidan keyin paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tib, ular cherkovning g‘alati va ilmiy-fantastika elementlariga duch kelishadi.

“Sayentologiya avvaliga yoqimli ko‘rinadi,” — deydi de la Karrier. — “Ayniqsa, siz Tom Kruzdek superyulduzning sevgilisi bo‘lsangiz, hamma narsa yanada chiroyli ko‘rinadi.

“Ammo keyin yuqori, maxfiy darajalarga chiqasiz va sizga 400 mingta ruh sizga yopishib olgani, ularni yo‘qotish uchun keyingi 30–40 yil sarflashingiz kerakligi aytiladi.

Shunda odam mutlaqo g‘ayrioddiy dunyoga kirib qoladi va orqaga chekinishni boshlaydi. “Kim o‘ziga sen har hafta besh marta sessiyaga borib, o‘sha ruhlarni haydashing” kerak deyishlarini xohlaydi, menimcha hech kim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...