Betxovenning o‘limiga nima sabab bo‘lgan?

Share post:

CNN telekanali xabar berishicha,  oʻzining klassitsizm va romantizm janridagi musiqalari bilan nom qoldirgan nemis bastakori Lyudvig van Betxoven haqidagi yangi tadqiqotlar u nima uchun 20 yoshida kar boʻlib qolgani va oʻlimiga sabab boʻlgan omillarga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, bastakor eshitish qobiliyatini yoʻqotishdan tashqari, umri davomida oshqozon-ichak kasalliklaridan aziyat chekkan, ikki marta sariq kasal xurujini boshdan kechirgan va ogʻir jigar xastaligiga chalingan.

10 yillik tadqiqotlardan so‘ng, joriy yilning 6-may kuni “Clinical Chemistry” jurnalida chop etilgan yangi hisobotga koʻra, ijodkorning soch oʻrimlari tarkibida qoʻrgʻoshinning yuqori konsentratsiyasidan tashqari, mishyak va simob aniqlangan.

Tadqiqot mualliflari qoʻrgʻoshin bilan zaharlanish Betxovenning oʻlimi yoki karligi uchun yagona sabab boʻlolmasligini taʼkidlagan.  Ammo zaharlanish uning kar boʻlib qolishi, mushaklar falajligi va buyrak yetishmovchiligini boshdan kechirishiga sabab boʻlgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Hande Erchel Instagram’dagi bitta reklama uchun qancha oladi?

Mashhur turk aktrisasi Hande Erchelning Instagram’dagi reklama xizmatlari narxi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Turkiyaning Ensonhaber nashri xabariga ko‘ra,...

Mashhur yapon yozuvchisi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi

Yaponiyalik taniqli yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktyabr kuni uning kitoblarini...

Yaponiyalik qiz 6 yoshida musiqa olamida rekord o‘rnatdi

Yaponiyalik 6 yoshli Illumi Maeda klubda bir soatdan ortiq DJ sifatida chiqish qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. DJ Illu...

“Oltin globus” qo‘mitasi nega “Maykl” filmini musiqiy film deb tan olmadi?

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2027-yilgi “Oltin globus” mukofotining musiqiy yoki komediya filmi yo‘nalishidan...