Dunyodagi eng qimmat rasmlar

Share post:

1. “Merilin Monro”, Endi Uorxol

1964-yil Endi Uorxol Merilin Monroning rang-barang fonlarda: qizil, to‘q sariq, ko‘k va Firuza ranglarida bir qator rasmlarini yaratgan va u 43 yildan keyin sotilgan. Uning aniq narxi noma’lum, ammo u 100 million dollarga yaqinligi taxmin qilinadi.

2. “Doktor Gashening portreti”, Van Gog

Van Gog o‘limidan oldin davolagan shifokorning portretini yaratgan. 1990-yilda rasm 82,5 million dollarga yapon tadbirkoriga sotilgan va u shifokor Gashe o‘limidan so‘ng rasmni yoqib yubormoqchi bo‘lgan ammo fikridan qaytgan.

3. “Qichqiriq”, Edvard Munk

Skandinaviya ekspressionisti Edvard Munkning asari kim oshdi savdosida 80 million dollarga baholangan va u oxiri 119,9 million dollarga sotilgan.

4. “Ayol III”, Villyem de Kuning

Ushbu rasm “Ayollar” seriyasi shaxsiy kollektsiyadagi yagona suratdir. Villyem abstrakt ekspressionizm ustasi bo‘lgan va uning qiymati 137,5 million dollarni tashkil etgan.

5. “Lyusen Freyd portretining uchta eskizi”, Frensis Bekon

Nomidan bu shunchaki eskiz deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo “eskizlar” Lyusen Freydning turli burchaklardan chizilgan uchta rasmidan iborat tayyor kompozitsiyadir. U 142,4 million dollarga sotilgan.

6. “Uyqu”, Pablo Pikasso

Buyuk rassom 22 yoshli Mariya-Tereza Valterni tasvirlagan ushbu rasmni bir kunda chizgan. 1940-yillarda u 7000 dollarga sotib olingan, 97-yilda auksionda 48,4 million dollarga sotilgan. Rasm egalaridan biri shikast yetkazib, qayta tiklanganidan so‘ng qiymati 155 million dollarga ko‘tarilgan.

7. “To‘y qachon?”, Pol Gogen

1892-yilgi rasmda Gogen turmushga chiqqan 13 yoshli taitilik Tehaamana tasvirlangan. Qiz uning ko‘plab asarlari uchun namuna bo‘ldi. Gogenning ushbu rasmini Qatar muzey idorasi rekord darajadagi narx ya’ni 300 million dollarga sotib olgan.

8. “Salvator Mundi”, Leonardo da Vinchi

2017-yil noyabr oyida u Saudiya Arabistoni shahzodasi Badre bin Abdulloh tomonidan auksionda 450 million dollarga sotib olingan va bu tarixdagi eng qimmat san’at asariga aylangan.



Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Pop yulduzi Jastin Biber yana bir rekord o‘rnatdi

U Spotify platformasida oylik tinglovchilar soni bo‘yicha shaxsiy rekordiga erishdi. Xonandaning oylik tinglovchilari soni 139 milliondan oshdi. Bu...

Meril Strip zamonaviy filmlar haqida tanqidiy fikr bildirdi

Meril Strip hozirda suratga olinayotgan kinolarda superqahramon hikoyasi ko‘p uchrayotgani, bu esa murakkab va o‘ziga xos xarakterli obrazlarning...

Kichik Robert Dauni inflyuenserlar haqida keskin fikr bildirdi

Gollivudning eng mashhur aktyorlaridan biri kichik Robert Dauni zamonaviy mashhurlik tushunchasi va inflyuenserlar fenomeni haqida o‘z fikrlarini bildirdi....

 “Oskar – 2027” uchun qoidalar o‘zgardimi?

Amerika kinoakademiyasi 99-marotaba topshiriladigan Academy Awards uchun yangi qoidalarni e’lon qildi. Bu o‘zgarishlar orasida bir nechta muhim yangiliklar...