Anemoya effekti: Nega zamonaviy avlod nostalgiyaga qaytmoqda?

Share post:

Bugungi kunda 70-, 80-, 90- va 2000-yillarga tegishli qo‘shiqlar yana mashhurlikka chiqmoqda. Eng qizig‘i — bu qo‘shiqlarni tinglayotganlarning ko‘pchiligi o‘sha davrda hali tug‘ilmagan yangi avlod. Ular bu musiqalarni sevib, unga bog‘lanadi, hattoki nostalgiya his qilishadi. Bu fenomen “anemoya effekti” deb ataladi.

Anemoya nima?

“Anemoya” Jon Koenig tomonidan o’rganilgan bo’lib, u «tushunarsiz qayg‘ular lug‘ati» (“g‘alati g‘amlar lug’ati”) kitobida tushuntirilgan. Anemoya-bu inson o‘zi yashagan davrga nisbatan nostalgiya uning qilish holati. Bu, masalan, 80-yillarda chiqqan musiqani tinglab, o‘sha davr hayoti haqida tasavvur qilish, o‘sha ruhiyatga bog‘lanishdir. Garchi siz u yillarda yashamagan bo‘lsangiz ham, musiqani tinglash orqali o‘zingizni u yerda his qilasiz.

Nega aynan musiqa bilan bog‘liq?

Musiqa — bu vaqt mashinasi kabi. U bizni hissiy jihatdan boshqa davrga olib chiqadi. O‘tmishdagi qo‘shiqlar hissiyotga boy, lirikasi mazmunli, ranjirovkasi tabiiyroq va oddiyroq, ovozlardagi “real”likni saqlab qolgan. Bu jihatlar esa ko‘plab zamonaviy tinglovchilarni o‘ziga tortadi.

Yoshlarda anemoya effektini kuchaytiruvchi omillar

1. TikTok va ijtimoiy tarmoqlar

Bugungi trendlarni aynan TikTok va Instagram Reels belgilaydi. U yerda 30-40 yillik qo‘shiqlar fon musiqasi sifatida qo‘llaniladi va bu ularni yangi avlod orasida mashhur qiladi. Misol uchun Ohunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov, Ahror Usmonov, jahon estradasidan Keyt Bush “o‘sha tepalikka yugurmoqda”, Nirvana “Yoshlik ruhi kabi hidlaydi”, ABBA “Gimme! Gimme! Gimme!” kabilar.


2. Retro estetikasi va romantizatsiya qilingan o‘tmish

Zamonaviy hayot haddan tashqari texnologik va shovqinli bo‘lib ketgan. Ko‘pchilik “o‘tmishda hamma narsa oddiy va samimiy edi” degan tasavvur bilan yashaydi. Eski musiqalar esa shu tasavvurni “jonlantiradi”.

3. Qayta yangilangan musiqalar (remixlar)

Ko‘p eski hitlar bugungi DJ’lar yoki musiqachilar tomonidan zamonaviy ritmlar bilan qayta ishlanmoqda. Bu ularni bugungi musiqiy muhitga moslashtiradi.

“Anemoya” — bu zamonaviy insonlarning o‘tmish bilan ruhiy bog‘lanishiga ishora. Yoshlik yillari o‘tmagan, ammo qalbda biror narsa uyg‘otgan musiqalar orqali ular o‘zlarining ichki dunyosiga yo‘l topishadi.

Shu sabab, agar siz ham eski qo‘shiqlardan zavq olayotgan bo‘lsangiz, biling: siz yolg‘iz emassiz. Bu — vaqt va musiqani bog‘laydigan go‘zal hissiyot: anemoya.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...