Rekord darajadagi Supermen haykali namoyish qilindi

Share post:

Londonda yangi rekord o‘rnatildi — Supermen personajining gigant haykali yaratildi va balandligi 300 metrdan oshadigan “Shard” osmono‘par binosining tepasiga o‘rnatildi.

Londonda amerikalik aktyor Devid Korensvet asosida yaratilgan ulkan Supermen haykali ommaga namoyish qilindi. Haykalning balandligi 3,35 metr, og‘irligi esa 120 kilogrammdan ortiq bo‘lib, u mashhur rejissyor Jeyms Gann tomonidan suratga olinayotgan yangi “Superman” (2025) filmini targ‘ib qilish maqsadida o‘rnatildi.

Haykalni yartish uchun 4 oy kerak bo‘ldi. 20 dan ortiq haykaltarosh uni yaratishga 2000 soat vaqt ajratdi. Haykal faqat bir kunlik reklama aksiyasi doirasida ko‘rgazmaga qo‘yildi. Ko‘plab tomoshabinlar haykal bilan suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatdi.

Bu loyiha Jeyms Gannning DC olamini yangidan boshlash harakatlaridan biri sifatida qaralmoqda. Yangi film 2025-yil 11- iyul kuni katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Mashhur yapon yozuvchisi Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi

Yaponiyalik taniqli yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktyabr kuni uning kitoblarini...

Yaponiyalik qiz 6 yoshida musiqa olamida rekord o‘rnatdi

Yaponiyalik 6 yoshli Illumi Maeda klubda bir soatdan ortiq DJ sifatida chiqish qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. DJ Illu...

“Oltin globus” qo‘mitasi nega “Maykl” filmini musiqiy film deb tan olmadi?

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2027-yilgi “Oltin globus” mukofotining musiqiy yoki komediya filmi yo‘nalishidan...

Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmi premyerasida uchrashdi

Turkiyalik aktyorlar Halit Ergench va Meryem Uzerli “Imrozda bahor” filmining jahon premyerasi munosabati bilan Misrda o‘tkazilayotgan El-Guna kinofestivalining...