Gollivud kinolaridagi mashhur juftliklar

Share post:

Meg Rayan va Tom Xenks

Gollivuddagi asosiy kino juftliklaridan biri, shu tufayli biz 90-yillarning romantik komediyalarini yaxshi ko‘ramiz. Meg va Tom birgalikda to‘rtta filmda suratga tushishga muvaffaq bo‘lishdi, ulardan ikkitasi – “Sietlda uyqusiz” va “Sizda pochta bor” – oshiq va mo‘jizalarga ishonadigan barcha yosh qizlar uchun klassikaga aylandi. “Sietlda uyqusiz” filmining budjeti 21 million dollarini tashkil etadi.

Julia Roberts va Richard Gir

Endi “Go‘zal ayol” filmida Richard Girning yonida boshqa aktrisani tasavvur qilish qiyin, lekin dastlab Meg Rayan Vivian rolini o‘ynashi kerak edi – u suratga tushishdan bosh tortib, Robertsga ajoyib imkoniyat berdi. Aktrisa bundan to‘liq foydalandi. “Go‘zal ayol” filmining budjeti 14 million dollar.

Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio

Keyt va Leo kino tarixidagi eng mashhur juftliklardan birini o‘ynashgan – Rouz va Jekning munosabatlari va samimiy chiqishlari hali ham “Titanik” tomoshabinlarida juda katta taassurot qoldirgan. Filmning budjeti 200 million dollarni tashkil qiladi va 2,2 milliard dollar mablag‘  to‘playdi.

Jennifer Lourens va Bredli Kuper

Jennifer Lourens va Bredli Kuper birinchi marta “Mening yigitim aqldan ozgan” filmida birga paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng Lourens “Oskar” oldi va Gollivudning eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. “Mening yigitim aqldan ozgan” filmining umumiy budjeti 21 million dollarni tashkil etadi.

Emma Stoun va Rayan Gosling

Emma Stoun va Rayan Goslingni “La La Lend” dan tashqari “Bu ahmoq sevgi” va “Gangster ovchilari” filmlarida ko‘rish mumkin. “La La Lend” filmining budjeti 30 million dollar, daromadi esa 446,1 million dollarni tashkil etgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...