Gollivudning eng mashhur va yosh juftliklaridan biri Zendaya va Tom Holland dastlab munosabatlarini yashirishar edi, ammo so‘nggi paytlarda sevgi hikoyalari bilan tobora ko‘proq o‘rtoqlashishmoqda.

“O‘rgimchak odam” yulduzining aytishicha, 29 yoshli Zendaya sevgilisining sog‘lig‘iga juda e’tiborli.
“Mening sevgilim — vegetarian va bu juda muhim, chunki ko‘pincha men u bilan birga vegetariancha ovqat yeyman. Ha, men nima yeyotganimga diqqat qilaman”, — deydi 29 yoshli Holland Men’s Health jurnaliga bergan intervyusida.
Zendaya US Weekly nashriga bergan intervyusida ko‘p yillardan beri go‘sht yemay kelishini, ammo sabzavotlarni yoqtirmasligini tan olgan.
Zendaya: “Men sabzavotlarni unchalik yoqtirmaydigan vegetarianman — bu qiyin!”.

Shuningdek, u ba’zan ertalabki nonushtani butunlay o‘tkazib yuborishini aytgan.
“Men hech qachon ertalab nonushta qilmayman. Nonushtani yaxshi ko‘raman, lekin odatdagi vaqtda emas. Uni istalgan boshqa paytda yeyishga tayyorman, faqat u rezavor mevali quymoqlar va biroz Nutella bo‘lishi kerak”, — deb bo‘lishgan edi u Harper’s Bazaar bilan.
Eslatib o‘tamiz, Zendaya va Tom Holland oktyabr oyida unashtirilganini tasdiqlagan edi.

