Xonanda Sherning muammoli o‘g‘li haqida yangi xabar

Share post:

Janubiy Kaliforniyada dam olish kunlari Sherning muammolarga duch kelgan o‘g‘li Ilyos Blyu Allmanning giyohvand moddadan zaharlanishi bilan bog‘liq yangi xabarlar ma’lum bo‘ldi.

Afsonaviy san’atkorning marhum Gregg Allmandan bo‘lgan eng kenja farzandi, 48 yoshli Ilyos shanba kuni erta tongda haddan tashqari dozada giyohvand modda qabul qilgani sababli Kaliforniyaning Joshua-Tri shahridagi kasalxonaga olib ketilgan.

San-Bernardino okrugi Sherif departamenti vakilining “Daily Mail” nashriga bildirishicha: “2025-yil 14-iyun, shanba kuni taxminan soat 13:25 da, Morongo Basin bo‘limining xodimlari Landers shahridagi Kembria avenyusining 2300-blokida joylashgan uylardan biriga, o‘zini boshqacha tutayotgan erkak haqida xabar asosida yetib kelishgan.

Ular yetib kelganida, Ilyos Allman allaqachon shoshilinch tibbiy yordam xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilayotgandi. Uy ichida giyohvand moddalar aniqlangan va Allman kasalxonaga olib ketilgan. Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.”

Yana bir manbaga ko‘ra, Allman hali-hanuz kasalxonada va uning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...