Xloe Kardashyan plastik jarrohlik bo‘yicha mish-mishlarga nuqta qo‘ydi

Share post:

Xloe Kardashyan qildirgan barcha plastik operatsiyalari va go‘zallik muolajalari haqida ochiq gapirdi

Yaqinda estetik shifokor Dr. Jonni Betterij mashhur yulduzning yillar davomida qanday plastik jarrohlik amaliyotlarini qildirganini tahlil qilib, bu katta “o‘zgarish” Jeff Bezos va Loren Sanchesning dabdabali to‘yida ham yaqqol ko‘ringanini aytgan edi.

Londonning “JB Aesthetics” asoschisi Dr. Betteridj o‘zining TikTok videosida Xloe faqat burun operatsiyasi va yuzga ukol qilish bilan cheklanmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. U hatto yulduz yuz va ko‘krak tortish (face & neck lift) jarrohlik amaliyotini ham o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

“Agar Xloening ko‘p yillar oldingi ko‘rinishini hozirgisi bilan solishtirsak, qanchalik o‘zgarganini ko‘rish qiyin emas,” — dedi Betterij o‘z videosida.

Dr. Betterij bu taxminlarni chiqarganidan keyin Xloe bevosita TikTok izohlarida bunga javob berib, hammasini aniq qilib berdi.

Uning aytishicha, u burun operatsiyasi, botoks, fillerlar, kollagen baby iplar, qizil baliq urug‘idan tayyorlanadigan yuz muolajasi va boshqa estetik muolajalar qildirgan.

Xloe izohini hazilomuz ohangda boshlagan:

“Men buni katta maqtov sifatida qabul qilaman! Avvalo, bu rasmlar taxminan 15 yil avvalgi lekin qaysi muolajalarni qilganimni yana bir bor sanab o‘tamiz. Men oldin ham bu haqda ochiq gapirganman — mana ro‘yxat!”

Shuningdek, Xloe har bir muolajani qayerda va qaysi shifokor qilganini ham ro‘yxatga kiritib o‘tgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...