Turkiyada yulduzlar ishtirokidagi giyohvandlik tergovi kengaymoqda

Share post:

Istanbul bosh prokuraturasi tomonidan “giyohvand yoki ta’sirli modda iste’mol qilish” ayblovi bilan mashhur shaxslarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli tergov boshlandi.

Tergov doirasida quyidagi taniqli ismlar tilga olingan:
Mert Yazijio‘g‘lu, Birje Akalay, Dilan Polat, Engin Polat, Hadise, Irem Deriji, Kubilay Aka, Kaan Yıldırım, Berrak Tuzunatach, Duygu O‘zaslan, Demet Evgar, Zeynep Aral, O‘zge O‘zpirinchji, Feyza Altun, Derin Talu, Deren Talu, Ziynet Sali, Metin Akdulger va Jeren Moray.

Bu tongda Jandarma kuchlari bir nechta mashhur shaxslarning uylariga reyd o‘tkazib, ularni Istanbul viloyat jandarma qo‘mondonligiga olib ketgan.
Shu paytgacha Dilan Polat, Engin Polat, Irem Derici, Kubilay Aka, Kaan Yildirim, Hadise, Berrak Tuzunatach, Duygu O‘zaslan, Demet Evgar, Zeynep Aral, O‘zge O‘zpirinchji va Mert Yazijiog‘ludan ifoda va qon namunasi olingan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hech kimga nisbatan qo‘lga olish qarori chiqarilmagan. So‘roq va tibbiy tekshiruv jarayonlari tugagach, ularning barchasi ozod qilinadi.

Bu voqea Turkiya shou-biznes olamida katta rezonans uyg‘otdi — muxlislar, OAV va ijtimoiy tarmoqlar bu holatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...