Tom Kruz va Ana de Armasning muhabbati mish-mish markazida

Share post:

Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruzning yangi sevgilisi borligi aytilmoqda

 Adrenalinga bo‘lgan ishtiyoqi va kinoga bo‘lgan muhabbati bilan tanilgan Gollivud yulduzi Tom Kruzning Ana de Armas bilan munosabatda ekani haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. 36 yoshli kubalik aktrisa “Orqa tarafdagi xanjarlar”, “Tig‘ ustida yuguruvchi 2049”, “ Agent 007: O‘lim vaqti emas” ” va “Mallasoch” kabi filmlari bilan mashhur.

People jurnalining xabariga ko‘ra, 62 yoshli aktyor Tom Kruz va Ana de Armas bir oydan keyin yana birga ko‘rinish bergan.

 Londonda uchrashgan juftlik, birga vertolyotga chiqishgan. Ular o‘tgan oy “Sevishganlar kuni”dan bir kun oldin ham uchrashishgan. People jurnalidagi manbalar esa: “Ular faqat do‘st, romantik munosabat esa yo‘qdek ko‘rinadi”, deb aytishgan.

Ikki marta birga ko‘ringan juftlik haqida sevishganlar degan taxminlar paydo bo‘ldi, biroq hozircha ular bu borada izoh bermagan. Shuningdek, ularning yangi loyiha ustida ishlayotgani ham taxmin qilinmoqda.


Tom Kruz hozircha nomi sir saqlanayotgan rejissyor Alexandro G. Innyarritu’ning yangi filmi ustida ishlashda davom etmoqda.

Aktyorning navbatdagi “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmi – “Soʻnggi qasos yakuniy qismi” esa 23-mayda premyera qilinadi.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...