Timoti Shalamening onasi Kayli Jenner haqida fikr bildirdi

Share post:

Jenner va Shalame o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yil aprel oyida e’lon qilingan edi.

Timoti Shalamening onasi Flender, o‘g‘lining Kayli Jenner bilan bo‘lgan munosabati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Shalame va Jennerning 2023-yil aprelidan beri birga ekanliklari xabar qilingan edi, ammo Flender bu haqda kamdan-kam gapiradi. Dushanba kuni Curbed jurnalida e’lon qilingan intervyusida Flender Jenner haqida shunday dedi: “U juda yaxshi inson, juda ham muloyim.”

Flender, shuningdek, Shalamening qiz do‘stining Beverly Hillsda 11 million dollarga uy olganini ham aytdi. “Men bilan maslahatlashdimi? Yo‘q,”  “Biroq, u uy oldi.” deb ta’kidladi u.

Flender o‘tgan oyda mashhur juftlikni 2025-yilgi Oskar mukofot marosimida kuzatgan va Jenner o‘g‘lining yonida o‘tirgan, ular bir-birlariga muhabbat ko‘zi bilan qarab bir-biridan bo‘sa olgan. Ammo marosim oxirida Jenner Flenderning o‘rniga o‘tirgan, shunda agar Shalame mukofotni qo‘lga kiritsa, ularning munosabati davom etishi mumkin edi. Afsuski, Shalame mukofotni qo‘lga kiritmadi, bu mukofot Edrian Broudiga nasib etdi.

Ikki oy avval Kayli Jenner Timoti Shalame bilan birga “Oltin Globus” mukofotiga tashrif buyurgan va ular yana o‘pishayotgani bilan e’tiborni o‘zlariga jalb qilgan edilar.

Yaqinda, 12-aprel kuni, juftlik yana birgalikda 2025-yilgi Coachella musiqa va san’at festivaliga bordi. Ular tomoshabinlar orasida bir necha marta o‘pishgan. Jenner oq ko‘ylak, unga mos shim, kepka va qora etik kiygan. Shalame esa qora futbolka, shim va qora-oq naqshli kepka kiygan edi.

TikTok’da tarqalgan videolarda ular festivalning VIP hududida bo‘lishgani va Jenner mashhur xonanda Charli XCXning “Guess” qo‘shig‘iga raqs tushgani aks etgan.

Ularning munosabatlari ilk bor 2023-yil aprel oyida DeuxMoi saytida chiqqan habar orqali ma’lum bo‘ldi. Bu yangilik internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki ko‘pchilik bu juftlikni kutilmagan edi.  Jenner o‘sha vaqtda sobiq sevgilisi Trevis Skottdan ayrilgan edi. Ularning Stormi va Aire ismli farzandlari bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...