Shahzoda Garri va Megan Markl Kevin Kostnerning qarorgohida bo‘lib o‘tgan xayriya konsertida qatnashdi

Share post:

Shahzoda Garri va Megan Markl juftligi Kevin Kostnerning qarorgohida o‘tkazilgan, birinchi yordam jamoalariga ko‘mak berish uchun tashkil etilgan xayriya konsertida sahnaga chiqdi.

Shahzoda Garri va Megan Markl kecha Kaliforniyaning Santa-Barbara hududida joylashgan Kevin Kostnerning “Field of Dreams” nomli qarorgohida o‘tkazilgan xayriya konsertida qatnashdi. One805LIVE! Birinchi yordamchilar uchun rok deb nomlangan xayriya konsertida Megan Markl va Shahzoda Garri sahnaga chiqishdi.

Konsert Santa-Barbara mintaqasi birinchi yordam jamoalari uchun asosiy uskunalar va ruhiy salomatlik dasturlariga mablag‘ yig‘ish maqsadida tashkil etilgan edi.

Xayriya konsertida qatnashgan boshqa yulduzlar orasida Opra Uinfri, Rob Lou va Mariya Shrayver ham bor edi. Trisha Yyervudm, Gud Sharlotta, “The Fray” kabi ismlar esa sahnada chiqish qilishdi.

Xayriya konsertida Shahzoda Garri sahnada birinchi yordam jamoalarining ahamiyati haqida nutq so‘zladi, uning rafiqasi Megan Markl esa qisqa muddatga sahnaga chiqib, Garriga quchoqlab qo‘llab-quvvatladi. Garri Santa-Barbara yong‘in xizmati boshlig‘i Mark Hartvigga mukofot topshirar ekan, Markl ularni sahna chetidan kuzatdi.

Santa-Barbarada yashovchi Shahzoda Garri va Megan Markl bu tadbirga begona emas. Juftlik 2023-yilda ham ushbu tadbirda qatnashgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...

Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari...