Serdar O‘rtach Villasini uy xizmatchilariga meros qoldirdi

Share post:

Turk estradasining mashhur vakili, bastakor va qo‘shiqchi Serdar O‘rtach yaqinda bergan intervyusida ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida katta rezonansga sabab bo‘lgan bayonot bilan chiqdi. San’atkor o‘zining yagona mulki bo‘lgan Istanbuldagi Bosfor bo‘yidagi hashamatli villasini yillar davomida xizmatini qilgan uy xizmatchilariga meros qoldirishini ma’lum qildi.

Serdar O‘rtach Istanbulda joylashgan, 8 xonali va 750 kvadrat metrli villani bir umr mehnatkash xodimlariga vasiyat qilganini quyidagicha izohlagan:

“Farzandim yo‘q, yaqin qarindoshlarim bilan aloqam sust. Menga sadoqat bilan xizmat qilgan, yonimda bo‘lgan xodimlarimni oila a’zolarimdek ko‘raman. Shuning uchun ularni begonalarga qoldirib keta olmayman. Villa ularniki bo‘lsin.”

Bu qaror san’atkorning sog‘lig‘i yomonlashganidan so‘ng e’lon qilindi. Ma’lumki, Serdar O‘rtach bir necha yildan beri skleroz (MS) kasalligi bilan kurashmoqda. U sog‘ligi haqida ochiq gapirib, “10–15 yillik umrim qolgan bo‘lishi mumkin” degan tahminni ham bildirgan edi.

Mol-mulk emas, inson qadriyatlari

San’atkorning bu qarori ko‘plab muxlislar va jurnalistlar tomonidan ijobiy kutib olindi. Ayniqsa, boylikni yaqinlariga yoki biznes sheriklariga emas, oddiy insonlarga – xizmatkorlarga qoldirish g‘oyasi jamiyatda mehr, minnatdorchilik va insoniylik qadriyatlarini yana bir bor yodga soldi.

Ammo ba’zilar bu haqida “Villani uy xizmatchilariga qimorda yutqazib qo‘ygan shekili” hazilomuz fikrlar ham bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...