Selena Gomes va Benni Blankoning to‘yi qachon?

Share post:

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes hamda taniqli prodyuser Benni Blanko o‘zaro munosabatlarini rasman e’lon qilganidan so‘ng, muxlislar ularning to‘y sanasini katta qiziqish bilan kutmoqda. Biroq, yaqinda Benni bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Therapuss” podkastida ishtirok etgan Blanko shunday dedi:

“Rostini aytsam, hozircha biroz dam olgim keladi. Men juda ko‘p ishladim, bir oz bo‘sh vaqtga ehtiyojim bor. Yotib, bugun qaysi kunligini unutib yashagim keladi. Selenaning yonida esa kun bo’yi hech narsa qilmay yotishning o’zi lazzat. Biz birga ovqatlanamiz, quchoqlashamiz va atrofda faqat tinchlik va oziq-ovqat bo‘lsa, menga shu yetarli.”

To‘y rejasi haqida savolga javoban u shunday dedi:

“Biz hali bu haqda jiddiy o‘ylab ham ko‘rganimiz yo‘q. Avvaliga biz albomimiz uchun kliplar suratga oldik, so‘ngra bayramlar boshlandi, keyin esa promoga sho‘ng‘idik. Ikkimiz ham bandmiz, ilgari bajara olmagan loyihalarni amalga oshiryapmiz. Ammo, bu yozda nihoyat o‘tirib, to‘y haqida jiddiy gaplashamiz deb o‘ylayman.”

Selena Gomes va Benni Blankoning to‘y sanasi hali aniqlanmagan bo‘lsa-da, ular orasidagi iliq munosabat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash barchaga ayon.

Ma’lumot o‘rnida, Selena va Benni o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yil oxirida oshkor bo‘lgan. Ular ilk marta 2021-yilda “I Can’t Get Enough” qo‘shig‘i ustida ishlaganida tanishgan. 2024-yil 12-dekabr kuni Selena Gomes o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali ular unashtirilganini e’lon qilgan. 2025-yil boshida juftlik “I Said I Love You First” nomli birinchi musiqiy albomini taqdim etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...