Rok afsonasi Ozzi Osborn vafot etdi

Share post:

22-iyul kuni rok musiqasi olami og‘ir yo‘qotishga uchradi. Black Sabbath guruhi asoschisi va frontmeni, afsonaviy musiqachi Ozzi Osborn 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Yaqinda Birmingemdagi so‘nggi konsertida u yana sahnaga ko‘tarilib, Toni Ayommi, Gizer Batler va Billi Uord bilan birga xayrlashuv shousini o‘tkazdi. Bu kecha unutilmas lahzalar bilan yodda qoldi – hatto qizi Kelli tomoshabinlar oldida unashtirildi.

2020-yilda Ozzi Parkinson kasalligiga chalinganini oshkor qilgan edi. Sog‘lig‘i og‘irlashganiga qaramay, u doimo kurashdi va hatto nogironlar aravachasida gastrol qilishni rejalashtirgan. Uning bu matonati millionlab muxlislar qalbini zabt etdi. Ozzi Osborn – bu nafaqat musiqachi, balki bir davr timsoli edi.

Ozzining bolaligi

Jon Maykl Osborn, ya’ni biz tanigan Ozzi Osborn, 1948-yil 3-dekabrda Angliyaning Birmingem shahri, Aston tumanida tug‘ilgan. Oilasi oddiy ishchilar sinfiga mansub bo‘lib, otasi Jon Tomas Osborn zavodda ishlagan, onasi Lillian esa mashinasozlik fabrikasida ishlab kun o‘tkazgan. Ozzi olti farzandli oilada ulg‘aygan va bolalikdan hayotining og‘ir tomonlarini boshdan kechirgan.

Yoshlik chog‘idayoq u turli kasblarda ishlagan: santexnik yordamchisi, pol yuvuvchi, hatto go‘sht do‘konida ishchi bo‘lgan. Maktabni 15 yoshida tashlagan Ozzi hayotida o‘zini topish uchun uzoq vaqt izlangan.

Musiqiy yo‘li

1968-yilda Ozzi “Black Sabbath” guruhiga asos soldi. Bu guruhning yaratilishi nafaqat musiqiy yo‘nalishdagi yangilik, balki butun bir avlodga ruhiy quvvat bag‘ishlovchi to‘lqin bo‘ldi. “Paranoid”, “Iron Man”, “War Pigs” singari qo‘shiqlar dunyo sahnalarida portlash yasadi. Ularning og‘ir, g‘amgin va shiddatli musiqasi heavy metal janrini shakllantirdi.

Keyinchalik Ozzi yakkaxon karerasini boshladi va “Crazy Train”, “Mr. Crowley”, “No More Tears” kabi hitlar bilan yana bir bor shon-shuhrat cho‘qqisiga chiqdi.

Oila – uning tayanchi

Ozzi Osborn shaxsiy hayotda ham ko‘p sinovlarga duch keldi. U ikki marta turmush qurgan. Birinchi rafiqasi Telma Reili bilan bo‘lgan nikohidan Jessika va Luis ismli ikki farzandi bor.

Ammo uning haqiqiy turmush yo‘ldoshi sifatida ko‘pchilik Sharon Osbornga hurmat bilan qaraydi. Sharon – Ozzi faoliyatida menejer, umr yo‘ldoshi va do‘st bo‘la oldi. Ular uch farzandni – Aime, Kelly va Jekni birgalikda voyaga yetkazdilar. 2000-yillarda “The Osbournes” nomli realiti-shou orqali butun dunyo bu oilani yaqinroq tanidi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopez jamoasi Istanbuldan Toshkentga charter reysi bilan yetib keldi

Bortda xonandaning beshinchi jahon gastrol safari — Up All Night – LIVE IN 2025ning 90 nafar ishtirokchisi bor...

Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 ta multfilm

“Ruh”Multfilm bosh qahramoni musiqa maktabi o‘qituvchisi Jo Gardner bo‘lib, u bolaligidan jazz ijro etishni orzu qilardi ammo bunga...

“Formula-1” – Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan film

“Formula-1” Bred Pittning butun karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. U besh hafta ichida 545,6 million dollar...

Dua Lipa Kosova fuqaroligini oldi

Dua Lipaga Kosovo fuqaroligi berilgach, “go‘yo ikki tarafim endi birlashdi,” deb izoh berdi. Qo‘shiqchi Londonda kosovalik-alban ota-onaning farzandi sifatida...