Riz Uizerspunning qizi Ava Fillip o‘zining birinchi bosh rolini ijro etdi

Share post:

19 yil oldin ajrashgan Riz Uizerspun va Rayan Filippning qizi Ava Filipp ota-onasi izidan borib, aktrisa bo‘ldi. Ava o‘zining birinchi bosh rolini iijro etdi.

Riz Uizerspun va sobiq turmush o‘rtog‘i Rayan Filippning 25 yoshli qizi Ava Filipp, nihoyat aktrisalik karyerasida katta qadam tashladi. U avvallari “Doktor Odissey” va “Ransom Kanyon” kabi seriallarda kichik rollarda ko‘rinish bergan edi.

Ammo endi u haqiqiy yulduzga aylanmoqda. Ava yangi loyiha “Laura Dean Keeps Breaking Up With Me” filmida bosh rolni o‘ynaydi! ?✨

Onasining izidan borayotgan Ava, Gollivudda o‘z o‘rnini topishga urinmoqda. Yangi avlod yulduzini kuzatishda davom etamiz!

?Hollywood Reporter’ning xabar berishicha, film ssenariysi Mariko Tamakining eng ko‘p sotilgan grafik romani asosida yaratilgan.

Loyihani esa “I Wish You All The Best” filmi bilan tanilgan rejissyor Tommi Dorfman boshqaradi.

Hikoya — Flipp  ismli qiz va uning maktabdagi “eng mashhur” va barchaning orzusidagi qiz — Laura Din bilan bo‘lgan murakkab munosabatlari haqida. U maktabdagi eng mashhur qizlardan biri va Freddining orzusidagi qiz.

Laura Din doimiy ravishda Freddi bilan urushib ayriladi, keyin yana yarashadi. Freddi o‘zining eng yaqin do‘stlari va hattoki bir bashoratchi yordamida bu zaharli munosabatdan chiqishga, o‘zini anglashga va eng asosiysi — o‘zini qaytadan sevishga qaror qiladi.

Bu hikoya muhabbat, do‘stlik, o‘zini qadrlash va hayotda sog‘lom chegaralar o‘rnatish haqida. Real, samimiy va aynan yoshlar hayotiga tegishli voqealar bilan to‘la.

1999-yilda turmush qurgan Riz Uizerspun va Rayan Filipp 2006-yilda ajrashishdi. Juftlikning qizidan tashqari Dikon ismli 21 yoshli o‘g‘li ham bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...