O‘zbekiston teatri ilk bor xalqaro opera va balet festivalida qatnashdi

Share post:

Alisher Navoiy nomidagi katta teatr ilk bor nufuzli Aspendos festivalida qatnashib, dunyo miqyosidagi eng yirik opera va balet maydonlaridan birida o‘zbek san’atini munosib namoyish etdi.

Turkiyaning Antaliya shahri yaqinida joylashgan ikki ming yillik qadimiy Rim amfiteatri — Aspendos yana san’at ixlosmandlari diqqat markazida. 14-sentabrdan 1-oktabrgacha davom etgan 32-Xalqaro opera va balet festivali bu yil ham o‘zining boy dasturi va yuksak badiiy saviyasi bilan dunyo miqyosida katta e’tibor qozondi.

Mazkur festival ilk bor 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1998-yilda xalqaro maqomni oldi va bugun dunyoning eng nufuzli san’at forumlaridan biri sifatida tanilgan. 2004-yilda “The Independent” nashri uni dunyoning eng yaxshi 10 opera festivali ro‘yxatida 5-o‘ringa qo‘ydi.

Bu yilgi festival dasturida olti yirik sahna asari — uchta opera va uchta balet namoyish etildi. Festival 14-sentabr kuni Puccinining mashhur “Turandot” operasi bilan ochildi. Unda dunyoga mashhur solistlar — soprano Olga Maslova va tenor Rikkardo Massi ishtirok etdi. Keyingi kunlarda tomoshabinlar “Zorba”, “Labedinoe ozero”, “Don Kixot” kabi baletlarni hamda Pucciniyning “Toska”sini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Eng katta e’tibor va qiziqish esa festivalning yopilish kuniga to‘g‘ri keldi. Chunki ilk marotaba Markaziy Osiyodan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri to‘liq truppasi bilan ishtirok etdi. Teatr 1-oktabr kuni Giuseppe Verdiyning mashhur “Traviata” operasi bilan festivalni yakunlab berdi.

Mazkur spektaklni rejissyor Konstantin Kamynin sahnalashtirdi, orkestrga esa taniqli dirijyor Vyacheslav Chernuho-Volich rahbarlik qildi. Asarda Mashhur solistlar Latifa Abieva (Violeta), Ramiz Usmonov (Alfredo), Rahim Mirzakamalov (Jorjo Jermon) va boshqa o‘zbek solistlari muvaffaqiyatli chiqish qildilar. Tomoshabinlar ularning ijrosini katta olqishlar bilan qarshi oldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Mashhur xonanda JONY «Рядом» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan xayriya auksionini o‘tkazdi

Taniqli ijodkor JONY «Рядом» nomli badiiy ko‘rgazmaga bag‘ishlab xayriya auksioni tashkil etdi. Ushbu tadbir jamiyatda mehr-oqibat, birdamlik va...

Jim Kerri tug‘ilgan kunini nishonlamoqda: aktyorning eng yorqin rollarini eslaymiz

Bugun Gollivudning eng mashhur va sevimli aktyorlaridan biri — Jim Kerri tavallud kunini nishonlamoqda. U yaratgan obrazlar nafaqat...

71 yoshli Jeki Chan nafaqaga chiqishni rejalashtirmayapti

Afsonaviy aktyor, kaskadyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan Haute Living jurnali uchun o‘tkazilgan yangi fotosessiyada yana bir...

Keyt Blanshett “Ajdarho o‘rgatuvchilar 2” filmida rol o‘ynaydi

Avstraliyalik aktrisa Keyt Blanshett yangi “Ajdarho o‘rgatuvchilar 2” jonli filmining davomida ishtirok etadi va Hikkapning onasi Valka rolini...