Nega tomoshabinlar film chiqmasidan zerikib qolishadi?

Share post:

Yangi chiqadigan filmlarning haddan tashqari faol reklama kampaniyalari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirib yubordi. Har kuni yangi tizerlar, sizib chiqqan kadrlar, sahna orti lavhalari va boshqa spoylerlar paydo bo‘lib, internet foydalanuvchilarida charchash effektini yuzaga keltirmoqda, deb yozadi The Guardian.

Bir necha hafta oldin Nyu-Yorkda “Qattiqqo‘l xonim 2” filmining suratga olish jarayoni boshlandi. Shundan beri tarmoqlarda tinimsiz yangi sizib chiqqan kadrlar paydo bo‘lishda davom etmoqda. O‘tgan hafta esa Sidney Suini suratga olish maydonchasida ko‘ringani aks etgan video virusga aylandi. Hali aktrisaning filmda ishtirok etishi noma’lum, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari allaqachon buni spoyler sifatida qabul qilib, norozilik bildirishmoqda: “Voy, rahmat, sevimli filmimni kutish zavqini buzib qo‘ydingiz. Bizda hech qachon yaxshi narsa qolmaydi”, – deb yozadi ulardan biri.

Kontentning haddan tashqari ko‘pligi tomoshabinlarni zeriktirib, hali chiqmagan filmga nisbatan ham salbiy hissiyot uyg‘otmoqda. Avvalroq internet foydalanuvchilari hazillashib, “Qatiqqo‘l xonim 2” premyerasiga kelib syujetning barcha tafsilotlari ma’lum bo‘lishini aytishgan edi. Hozirda kadrlar sonini hisobga olsak, bu hazil haqiqatga tobora yaqinlashmoqda.

Shuningdek, Enn Xeteuey suratga olish maydonchasidan o‘z fotosini “taqiqlangan” ijtimoiy tarmoqda birinchi bo‘lib joylashtirdi. Aktrisa surat ostiga: “Endi Saks, 2025-yil talqini” deb yozgan. Izohlar bo‘limiga qaraganda, foydalanuvchilarga sevimli qahramonining o‘zgarishi yoqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...