Naomi Uotts “Shon-shuhrat xiyoboni”da yulduzga ega bo‘ldi

Share post:

Britaniyalik aktrisa Naomi Uotts, “Mulxolland drayv”va “Imkonsiz” (The Impossible) filmlaridagi rollari bilan tanilgan, endi Gollivudning mashhur “Shon-shuhrat xiyoboni” da o‘z yulduziga ega bo‘ldi.

Yulduz ochilish marosimida Naomi Uottsning o‘zi bilan birga taniqli aktyorlar Jek Blek va Edvard Norton ham ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda Rayan Merfi, Sara Polson, Nisi Nesh va Kayl MakLoxlen ham mehmon sifatida qatnashishdi. Hamkasblari aktrisani samimiy tabriklab, uning ijodiga yuksak baho berishdi.

Marosimda so‘zga chiqqan aktrisa: “Men hozir his qilayotgan minnatdorchilik tuyg‘usini so‘z bilan ifoda etish qiyin”, — dedi.

Uotts o‘z hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan uch kishini alohida tilga oldi: onasi, rejissyor Devid Linch va teleproduser Rayan Merfi.

Aktrisa onasi haqida shunday dedi: “Onam mening tasavvurimni boyitgan va meni teatrga olib borgan inson. U meni sahnaga oshno qilgan.”

Shuningdek, u Devid Linch va uning kasting-direktori Joanna Reyning qo‘llab-quvvatlashi tufayli aktyorlikni tashlab ketmasligini aytdi. Naomi Uotts o‘zining agentlari, menejerlari va butun jamoasiga minnatdorchilik bildirib, rejissyor Alejandro Inyarrituni ham “ikki ajoyib rol” uchun alohida e’tirof etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...