“Met Gala–2026” mavzusi ma’lum bo‘ldi

Share post:

Har yili o‘tkaziladigan va moda olamining eng ko‘p muhokama qilinadigan kechasi — “Met Gala–2026” mavzusi nihoyat e’lon qilindi. Bu haqda Vogue jurnali xabar berdi.

“Met Gala–2026” uchun dress-kod — “Moda — bu san’at”. Bu shuni anglatadiki, mashhurlar va dizaynerlar shunchaki libos namoyish etish bilan cheklanmay, modani san’at shakli sifatida talqin etishlari kerak bo‘ladi. Bunday mavzu keng talqin erkinligini beradi: tarixiy san’at asarlaridan ilhomlangan obrazlardan tortib, zamonaviy syurrealistik va konseptual liboslarga qadar turli ko‘rinishlarni kutish mumkin.

An’anaviy tarzda bal Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi qoshidagi Kostyum instituti ko‘rgazmasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu yilgi ekspozitsiya “Costume Art” deb nomlanib, modani rassomlik, haykaltaroshlik va boshqa san’at turlari qatorida ko‘rib chiqadi. Zero, kiyim inson tanasi tarixi va madaniy ma’nolarini ming yillar davomida aks ettirib keladi.

“Met Gala–2026” 4-may kuni bo‘lib o‘tadi. Taklif etilgan mehmonlarning to‘liq rasmiy ro‘yxati hali e’lon qilinmagan. Biroq an’anaviy hamraislari allaqachon ma’lum: Beyonse, Nikol Kidman, Venus Uilyams hamda Anna Vintur.

Tashkiliy qo‘mita tarkibida esa Zoi Kravis, Sabrina Karpenter, Doja Ket, Aleks Konsani, Elizabet Debiski, Xlo Malle, Teyana Teylor va boshqa ko‘plab uslub ikonlari bor.

Eslatib o‘tamiz, Met Gala avvalo Nyu-Yorkdagi Kostyum institutini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan xayriya oqshomidir. Har yili aynan shu tadbir muzeyning yangi moda ko‘rgazmasiga rasman start beradi. Birinchi Met Gala 1948-yilda tashkil etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Kayli Jenner “BAFTA–2026” qizil gilamiga Timoti Shalame bilan birga chiqmadi

“BAFTA–2026” taqdirlash marosimida Kayli Jenner odatdagidek sevgilisi Timoti Shalame bilan birga qizil gilamga chiqmagani insonlar e’tiborini tortdi. Kayli aktyor...

“BAFTA–2026” g‘oliblari bilan tanishing

2026-yilgi “BAFTA” taqdirlash marosimi London shahrida bo‘lib o‘tdi va kino olamidagi eng yorqin yutuqlarni e’tirof etdi. 79-marotaba tashkil...

HBO “Ajdarho uyi” uchinchi mavsumi tizerini taqdim etdi

Uchinchi mavsum Targaryenlar o‘rtasidagi fuqarolar urushi — “Ajdarlar raqsi” voqealarini davom ettiradi. HBO House of the Dragon serialining uchinchi...

Taniqli reper Bed Banni ilk bor kinoda bosh rolni ijro etadi

Reper Bed Banni “Puerto Riko” filmida bosh rolni ijro etadi Puerto-rikolik mashhur reper Bed Banni faoliyatida yangi bosqichni boshlamoqda....