Maryam Tillayeva otasi bilan yarashdi

Share post:

O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi Maryam Tillayeva 5 yildan beri ota-onasi bilan munosabatlarini to‘xtatgandi. U bunga bloger Amiran Sardarov bilan birga tushgan behayo surati sabab bo‘lganini aytgan.

Maryam yaqinda bergan intervyusida otasi bilan aloqalarini tiklagani va hozirda ularning munosabatlari avvalgidanda yaxshiroq ekanligini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, ota-bola yarashuviga Maryamning yangi jufti — dizayner va biznesmen Arno sabab bo‘lgan.

“Arno otam bilan yarashishimizga yordam berdi, erkak kishi bilan yaxshi aloqada bo‘lish uchun, avvalo otam bilan yarashishim kerak ekan, ammo menda teskarisi bo‘ldi, men birinchi o‘z juftimni topdim va u orqali otam bilan yarashdim” – deydi Maryam Tillayeva o‘z intervyusida.
“Dadam va men ko‘p yig‘ladik va u mendan kechirim so‘radi. Menimcha, mening eng katta xatom oilamni emas, munosabatlarni tanlash bo‘ldi. Men Los-Anjelesni va erimni tanladim va katta xatoga yo‘l qo‘ygandim”, – deb qo‘shimcha qilgan bloger.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...