Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanye Uestning yangi qo‘shig‘ini efirdan oldirib tashlashga harakat qilmoqda!

Share post:

Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanye Uestning yangi qo‘shig‘ini efirlardan oldirib tashlash uchun kurashmoqda. Sababi, ushbu qo‘shiqda qizi Nort va jinsiy aloqa bazmlari tashkil qilish ayblovi bilan qamoqda saqlanayotgan Diddining ovozlari birga ishlatilganligidir.

Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanye Uestning 11 yoshli qizi Nort va qamoqqa olingan repper Diddining ovozi qo‘shiqda jamlaganiga qattiq norozilik bildirdi. Uest “Lonely Roads Still Go to Sunshine” deb nomlagan yangi qo‘shig‘ini ijtimoiy tarmoqlarda taqdim etdi. Qo‘shiqda Uest nafaqat qizi Nort, balki Diddi va Diddining o‘g‘li Kristian Kombsning ham ovozidan foydalangan.

Qo‘shiq Diddining Kanye Uestga bildirgan minnatdorlik ovozi bilan boshlanadi. Diddi jinsiy savdo ayblovi hamda bir nechta jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha sudlanayotgan paytda, qamoqda bo‘lganida unga hech kim aloqaga chiqmaganini ta’kidladi.

Kanye Uest esa Diddi bilan shaxsan tanishishidan avval ham uni otalik timsoli sifatida ko‘rganini aytib unga javob qaytardi. Nort qisqa, ammo e’tiborga molik tarzda qo‘shiqda ovozi bilan ishtirok etdi. Kichkina Nort: “Meni porlayotganimda ko‘rsang, nurni ko‘rasan”, — deya rep aytgan. Kristian Kombs ham qo‘shiqning boshqa qismini ijro etgan.

Daily Mail’ning xabariga ko‘ra, Kim Kardashyan qo‘shiqning chiqarilishiga to‘sqinlik qilish uchun huquqiy jarayonni boshlagan va uni X platformasidan oldirishga harakat qilmoqda.

Kim Kardashyan va Kanye Uestning 11 yoshli qizi Nort

Kim Kardashyan va Kanye Uestning 11 yoshli qizi Nort

 Qo‘shiq chiqishidan biroz avval Kanye Uest ijtimoiy tarmoqlarda to‘rt farzandining onasi bo‘lgan sobiq rafiqasi Kardashyan bilan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va unga nisbatan “urush” boshlashi bilan tahdid qilgan qo‘pol xabarlarining skrinshotlarini baham ko‘rib, keyinchalik o‘chirib tashlagan edi.

Kanye Uestning Kim Kardashyan bilan oralaridagi da’vo qilgan yozishmalarida, Kardashyan qizi Nortning ismi bo‘yicha mualliflik huquqiga egaligini va bundan 11 yoshli farzandining Diddi bilan qo‘shiqda ishtirok etishining oldini olish uchun foydalanishini aytadi. Bu so‘zlar Uestning g‘azablanishiga sabab bo‘ladi.

Kanye Uestning da’vosiga ko‘ra, ular orasidagi yozishmada Kardashyan: “O‘shanda sendan Nortning nomiga savdo belgisi olishim mumkinmi, deb so‘ragandim. Sen esa “Ha” deganding”, — deya aytgan. Shuningdek, u: “U 18 yoshga to‘lganda, bu brend unga tegishli bo‘ladi”, — degan.

Efirlarda namoyish etilayotgan qo‘shiq sababli Kim Kardashyan va Kanye Uest o‘rtasida uzoq davom etadigan huquqiy kurash boshlanishi kutilmoqda.

 Kanye Uest jinsiy savdo ayblovi bilan qamoqqa olingan repper Diddyni qo‘llab-quvvatlashdan cho‘chimayapti.

Munozaralari 2012-yilda boshlangan va ilk farzandlari 2013-yilda tug‘ilgan Kardashyan hamda Uest juftligi, 2014-yilda turmush qurishgan va bir yil o‘tib ikkinchi farzandlari dunyoga kelgan. Uchinchi va to‘rtinchi farzandlari esa surrogat onadan dunyoga kelgan. Juftlik 2021-yilda ajrashgan.














Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...