Jennifer Lopezning imiji qanday o‘zgarib bordi?

Share post:

2000-yillarning boshidan to hozirgacha Jey Lo obrazlari haqida

Bugun, Jennifer Lopez o‘zining 56 yoshini nishonlamoqda. Sizlar xonandaning bilan 2000-yillarning boshidan boshlab bugungi kungacha uning uslubi qanday o‘zgarib borganini ko‘rib chiqamiz: Versace liboslaridan tortib, katta o‘lchamdagi kostyumlar, “yalang‘och” obrazlar va mukammal ko‘cha uslubigacha.

1990-yillar: Yo‘lning boshi va ko‘cha estetikasi

90-yillarda Jennifer Lopez aktrisalik va raqs orqali shuhrat sari yo‘l boshlaganida, uning uslubi Nyu-Yorkdagi ko‘cha madaniyatini aks ettiruvchisi edi: sport kiyimlar, kalta top va past belli jinsilar, yorqin bezaklar, keng taralgan soch turmaklari va dadil energetika. Bronxda ulg‘aygan Jey Lo allaqachon shinamlik va jozibani birlashtirishni bilardi.

2000-yillar: Lotin glamurining cho‘qqisi

2000-yillar Jennifer uchun moda parvozining davri bo‘ldi. 2000-yilgi “Grammy” mukofotida u Versace’ning yashil, yarim shaffof va juda chuqur yoqali libosida chiqib, butun dunyoni hayratda qoldirdi. Bu libos hatto Google Images xizmatining yaratilishiga sabab bo‘lgani bilan tarixda qoldi.

Bu davrda Jennifer hashamat bilan tajriba qila boshladi: mo‘ynalar, payetkalar, metallik matolar, orqa ochiq liboslar, jasoratli kesimlar va yorqin aksessuarlar. Uning “ko‘cha” uslubi ham g‘ayrioddiy edi — Juicy Couture’dan velour kostyumlar, keng shlyapalar va gigant quyosh ko‘zoynaklari bilan mashhur edi.

2010-yillar: Yetuklik va ishonch

2010-yillarga kelib Jennifer moda olamida o‘z o‘rnini mustahkam egallagan edi. Uslubi elegantlik bilan yanada uyg‘unlashdi. Hali ham shaklni ta’kidlaydigan liboslar tanlasa-da, bu uslub endi nafis va murakkab tus olgan edi.

Qizil yo‘laklarda u ko‘pincha yelkasi ochiq, chuqur yoqali, ochiq liboslarda ko‘rindi — ammo bularning barchasi oq, qaymoq, kumush kabi yumshoq ranglarda bo‘lardi. Oddiy hayotda esa Jennifer sport bilan uyg‘unlashgan hashamatli obrazlarni tanlardi: trenchlar, katta o‘lchamdagi palto, jinsilar, kalta svitshot va futbolkalar.

2020-yillar: Stil ikonasi sifatida Jey Lo

50 yoshdan oshgan Jennifer Lopez uslubiy pozitsiyalarini nafaqat yo‘qotmadi, balki yanada jasur va dadil bo‘lib bordi. Uning bugungi uslubi — bu glamur, qulaylik va zamonaviy moda muvozanati.

U katta o‘lchamdagi kostyumlar, kalta top, ultra-mini yubkalar, maksi eteklar, mo‘ynali detallar va o‘ziga xos “yalang‘och” liboslarni o‘ta ishonch bilan kiyadi.

Versace’dagi mashhur yashil libosni oradan 20 yildan oshganidan so‘ng yana podiumga olib chiqib, tomoshabinlarni yana bir bor lol qoldirgani — uning modadagi davomiyligini yana bir bor isbotladi.

Ko‘chadagi uslubida esa Jey Lo — sport va ko‘cha shikining timsoli: krop-toplar, legginslar, baggy jinsilar, platformali etiklar va gigant ko‘zoynaklar.

Kovroviy tadbirlarda esa u — Valentino, Ralph Lauren, Zuhair Murad kabi yirik moda uylarining divalari qatorida, doimiy asal rangdagi jingalak sochlar, ko‘zga urg‘u berilgan make-up va namlik berilgan nude lab bo‘yog‘i bilan chiqadi.

Xulosa qilib aytganda, Jennifer Lopez uslubi — bu nafaqat trendlar ketidan quvish, balki o‘z ichki kuchi, xarizma va ishonchini moda orqali namoyon etishdir. U ba’zida romantik, ba’zida dadil, yana bir qarasang, shirin yoki o‘ta zamonaviy. Uslubidagi o‘zgarishlar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki shaxsiy o‘sish va erkinlikning timsolidir.

U moda bilan nafaqat o‘ynaydi, balki uni boshqaradi. Va bu orqali millionlab insonlarga ilhom bag‘ishlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...