Islom dunyosiga oid noyob artefaktlar O‘zbekistonga qaytariladi

Share post:

Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixiga bog‘liq bo‘lgan islom sivilizatsiyasining “oltin davri”ga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va artefaktlar kolleksiyasi namoyish etildi. Ushbu tarixiy relikviyalar o‘nlab yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan bo‘lib, yaqin kunlarda o‘z vataniga — O‘zbekistonga qaytariladi.

Mazkur muhim madaniy voqea 7–8-iyul kunlari dunyoga mashhur Sotheby’s va Christie’s auksion uylari tomonidan tashkil etildi. Bir qator qimmatli eksponatlar xalqaro ilmiy jamoatchilik — yetakchi olimlar, ekspertlar, kuratorlar, muzey mutaxassislari va kolleksionerlar e’tiboriga ilk bor aynan Londonda taqdim etildi.

Artefaktlar orasida IX asrga oid Qur’on qo‘lyozmalari parchalari, miniatyuralar, zargarlik buyumlari, kundalik hayot anjomlari, to‘qimachilik mahsulotlari hamda O‘zbekistonni jahon intellektual markazlaridan biri sifatida namoyon etuvchi san’at asarlari bor.

Ushbu eksponatlar 2025-yilda Sotheby’s va Christie’s auksion savdolari orqali O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan sotib olindi.

“Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir. Markaziy Osiyo tarixida alohida o‘rin tutuvchi artefaktlarning vataniga qaytishiga ko‘maklashayotganimizdan mamnunmiz”, — deya ta’kidladi Sotheby’s vakili Benedikt Karter.

Shuningdek, O‘zbekistonda tasviriy va amaliy san’atni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli dastur ishga tushirilmoqda. Toshkentda zamonaviy san’at galereyasi — rassomlar va dizaynerlar uchun ko‘rgazma maydonchasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘rgazma zalini rekonstruksiya qilish va 40 ta alohida ustaxona bilan jihozlangan Yosh rassomlar markazini yaratish rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...