“Qalbim eshigini chert” va “Malikam endi qara” seriallari yulduzi dunyo auditoriyasini zabt etishda davom etmoqda. Shuning uchun ham bu ro‘yxatda yagona seriallar yulduzi bo‘lish sharafi aynan unga nasib etgani ajablanarli emas.

Qanchalik ko‘p xeyterlari bo‘lmasin, Hande Erchelning ismi baribir turk yulduzlari orasida eng taniqli bo‘lib qolmoqda. Buni uning ko‘plab mukofotlari, sodiq muxlislari va Gollivud aktrisalari bilan bir qatorda muntazam ravishda dunyoning eng chiroyli aktrisalari ro‘yxatlariga kirib borishi ham tasdiqlaydi.
Bugun ma’lum bo‘ldiki, IMDb sayti dunyoning eng chiroyli aktrisalari ro‘yxatini tuzdi. Va Margo Robbi, Ana de Armas va Emma Uotson kabi yulduzlar qatorida o‘rin olgan yagona turkiyalik aktrisa — bu Hande bo‘ldi.
Eng chiroyli aktrisalar ro‘yxati:
1. Margo Robbi
2. Sheylin Vudli
3. Dilraba Dilmurut
4. Nensi Jevel Makdoni
5. Kriti Sanon
6. Haniya Aamir
7. Ana De Armas
8. Emma Uotson
9. Ember Xerd
10. Xande Erchel