Shahzoda Garri rafiqasi Megan Markl sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng yana aktrisalik faoliyatiga qaytmoqda. Sasseks gersoginyasini Kaliforniya shtatidagi yangi loyiha suratga olish maydonchasida ko‘rishgan. Bu haqida Deadline xabar berdi.

Meghan Markle “Yaqin do‘stlar” (“Close Friends”) filmi aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. U Brie Larson, Lili Kollins, Jek Kueyd va Genry Golding bilan birga rol o‘ynaydi. Syujet tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq serial ikki sevishgan juftlikning hikoyasini aks ettirishi ma’lum.

Ma’lumki, Megan Markl 2017-yilda shahzoda Garri bilan tanishganidan keyin aktrisalik faoliyatini to‘xtatgan edi. Uning eng mashhur obrazi — “Suits” (“Fors-Majorlar”) serialidagi Reychel Zeyn bo‘lgan.
Megan va Garri oilasining “Montekito”dagi hayoti, ularning ommaviy pozitsiyalari va Netflix/Amazon bilan hamkorliklari tufayli har bir harakati keng jamoatchilik va OAV e’tiboriga tushadi. Meganning qaytishi nafaqat kino maydonchalarida, balki ommaviy-siyosiy maydonda ham tahlil qilinmoqda

