“Formula-1” – Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan film

Share post:

“Formula-1” Bred Pittning butun karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. U besh hafta ichida 545,6 million dollar yig‘di.

Bungacha Pittning eng kassabop filmi 2013 yilda chiqqan “Z dunyo urushi” bo‘lib, u 12 yil davomida umumiy 540 million dollar daromad keltirgan edi.

“Formula-1” real voqealarga asoslangan drama va sport janridagi film. Bunda avtomobil poygalari, sportdagi raqobat, shuningdek, hayotdagi qiyinchiliklar va shaxsiy kurashlar asosiy mavzu qilib olingan.

Filmda Bred Pitt asosiy qahramon — taniqli Formula-1 jamoasi rahbari rolini ijro etadi. U o‘z jamoasini qiyin paytlarda boshqaradi, katta bosim va raqobatga qarshi kurashadi. Filmda poyga sahnalari bilan birga sport olamining ichki sir va murakkabliklari, shuningdek, insoniy munosabatlar ham yaxshi aks ettirilgan.

“Formula-1” Apple TV+ platformasining ham eng ko‘p daromad olgan filmi bo‘ldi. Film yig‘gan mablag‘ Ridli Skottning “Napoleon” (221 million dollar) va Martin Skorsezening “Gulli Oy qotillari” (158 million dollar) filmi daromadlaridan deyarli ikki baravar ko‘p bo‘ldi.

Apple kino muvaffaqiyati tufayli filmning davommini suratga olishni rejalashtirmoqda. Variety nashrining xabar berishicha, film rejissyori Jozef Kosinski allaqachon keyingi qismni yaratish g‘oyasini ilgari surgan, unda Pitt bilan birga ekranda Tom Kruz ham paydo bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...