“Emmy – 2025” mukofotlari bu yil 77-marta o‘z sohiblarini topdi.
Mukofotlarchalik g‘oliblarning nutqlari, kiyim tanlovlari va norozilik namoyishlari ham kechaga muhr bosdi.

Bu yil 77-marta topshirilgan “Emmy” mukofotlarida “Adolescence” seriali jami 6 ta yo‘nalishda g‘olib bo‘lib, eng ko‘p mukofot olgan loyiha sifatida marosimga muhr bosdi.
Lekin Los-Anjelesda o‘tgan “Emmy” oqshomii bundan ham ko‘proq e’tiborli jihatlarga ega edi.
“Emmy” mukofotlari kechasining diqqatga sazovor onlaridan ba’zilarini taqdim etamiz.

“Falastinga ozodlik!”
“Komediya yo‘nalishida Eng yaxshi ikkinchi bosh rol aktrisa” mukofotini olgan aktrisa Xanna Eynbinder nutqini shu so‘z bilan yakunladi: “Falastinga ozodlik!”
U sahnaga qizil rangli “Artists4Ceasefire” nishoni taqib chiqdi. Bu kollektiv G‘azodagi urushda zudlik bilan va doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, tinch aholiga insonparvarlik yordamini yetkazish hamda barcha garovdagilarni ozod qilishga chaqiruvchi san’atkorlardan iborat.

“O‘t ochishni to‘xtating!”
Falastinliklarning huquqlarini himoya qilib, G‘azodagi urushning tugashini talab qilgan yagona ishtirokchi Xanna Eynbinder emas edi. Uning “Hacks” serialidagi hamkasbi Megan Stalter ham “Emmy” mukofotiga ustiga “O‘t ochishni to‘xtating!” deb yozilgan sumka bilan tashrif buyurdi.

QIZIL GILAMDA KAFIYA
Ispan aktyori Xaver Bardem qizil gilamda Falastin kafiya ro‘molini taqib suratga tushdi. Mushtini baland ko‘tarib jurnalistlar qarshisiga chiqqan Bardem, bir muxbirga genotsidni oqlovchi yoki qo‘llab-quvvatlovchi hech bir ko‘ngilochar kompaniya bilan ishlamasligini aytdi.

3822450_ed2c38641b683d466be6ecc8d011f586.jpg
TARIXGA KIRDI
“Drama yo‘nalishida Eng yaxshi ikkinchi bosh rol erkak aktyori” toifasida hali-hanuzgacha hech bir qora tanli aktyor mukofot olmagan edi. Tramell Tillman esa “Severance” serialidagi ijrosi bilan “Emmy” mukofotini olib, tarixga kirdi.
Tillman nutqida onasini ehtirom bilan eslab shunday dedi:
“Birinchi aktyorlik murabbiyim juda qattiqqo‘l edi, do‘stlar lekin ajoyib onalar shunday bo‘lishadi. Ona, hech kim yo‘q paytda siz yonimda edingiz. Mehringiz va mehribonligingiz men bilan. Bu mukofot ham siz uchun.”

ENG JO‘SHQIN NUTQ
“The Penguin” serialining bosh rol ijrochisi Kristin Milioti, “Mini-serial / TV filmi yo‘nalishida Eng yaxshi aktrisa” mukofotini qabul qilib olar ekan, oqshomning eng jo‘shqin nutqini so‘zladi.
“Buni bir necha kun oldin terapiyada olgan yozuvlarimning orqasiga yozdim, shuning uchun orqasiga qaramang,” — deya gap boshlagan va hayajondan nafasini rostlay olmagan aktrisa shunday dedi:
“Bugun dunyoda yashashning ma’nosini anglash juda qiyin, shuning uchun biz bu serialni ajoyib aktyorlar jamoamiz va guruhimiz bilan yaratganimizdan behad minnatdorman. Bu rolni ijro etish uchishdek edi.”
“Men sizlarni sevaman va aktrisalikni juda yaxshi ko‘raman!” — deya hayqirgan Milioti nutqini g‘alaba nidosi bilan yakunladi.

ENG YOSH “EMMY” MUKOFOTI SOVRINDORI BO‘LDI
“Adolescence” mini-seriali bilan aktyorlik faoliyatini boshlagan Ouen Kuper, “Mini-serial / TV filmi yo‘nalishida Eng yaxshi ikkinchi bosh rol erkak aktyori” mukofotini qo‘lga kiritib, 15 yoshida bu toifada g‘olib chiqqan eng yosh aktyor bo‘ldi.
13 yoshli qotil Jeymi Miller obrazidagi ajoyib ijrosi unga Oskar sovrindori Xaver Bardem, tajribali aktyor Bill Kamp va yozuvchi-komediyachi Rob Delaney kabi nomzodlarni ortda qoldirish imkonini berdi.
Kuper, qabul nutqida shunday dedi:
“Menimcha, bu oqshom agar tinglasangiz, diqqat qilsangiz va qulay zonangizdan chiqsangiz, hamma narsaga erishishingiz mumkinligini isbotlaydi. 3 yil avval hech kim emas edim. Endi esa shu yerda turibman.”