Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

Share post:

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli Greta Gervigning 2019-yildagi “Kichkina ayollar” filmida edi. Suratga olish ishlari 2018-yil dekabrda yakunlangan. Shundan beri Garri Potter filmlaridagi Germiona Granger obrazi bilan tanilgan yulduzning eng muhim ko‘rinishlari “Garri Potter: qayta uchrashuv” dasturi va xayriya piklbol (tennisga o‘xshash o‘yin) turniri bo‘yicha TV-shou bo‘ldi.

Hollywood Authentic jurnaliga bergan suhbatida Uotson o‘zini 2025-yilgi Kann kinofestivalida yana kino olamiga qaytib, filmlar tomosha qilib, jamoaning bir qismi bo‘layotgani uchun hozirgacha bo‘lgan eng baxtli va sog‘lom holatda his qilayotganini aytdi. Shuningdek, piklbol o‘yini uning yangi ishtiyoqiga aylanganini ta’kidladi.

Uotson aktyorlik kasbining nimasi yoqishini va nimasi yoqmasligini tushuntirib, shunday dedi:

“Ishning o‘zidan ko‘ra muhimroq qismi bu — uni reklama qilish, tomoshabinlarga “sotish”. Bu muvozanat ko‘pincha buzilib ketadi. Rostini aytsam, men filmlarni sotishni sog‘inmayman. Bu juda ruhiy jihatdan charchatadigan edi. Lekin men o‘z mahoratimdan foydalanishni va san’atni juda sog‘indim.”

Aktrisa qo‘shimcha qildi: sahna ustida ishlash unga katta zavq bergan, biroq bunday imkoniyatlar juda kam bo‘lgan. Shu bilan birga, katta loyihalarda ishlash bosimi ham yoqmaganini aytdi.

Emma Uotson so‘nggi 7 yilda nima bilan shug‘ullandi?

Uotson tanaffus davrida faol bo‘lib kelganini ta’kidladi. Kann safaridan va piklbol o‘yinini mukammallashtirishdan tashqari, u “ilgari hech qachon qilmagan yangi loyiha ustida ishlayotganini” ham ma’lum qildi, biroq tafsilotlarini ochiqlamadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...