
Oson va tez tayyorlanadigan shirinliklar yordamida dasturxoningizni boyitishingiz mumkin. Bugungi maqolamizda darhol sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 3 ta shirinlik retseptini jamladik. Siz ham ushbu retseptlar bilan turli-tuman mazali shirinliklar tayyorlashingiz mumkin.
1. Shokoladli keks
Kerakli mahsulotlar:
- 2 stakan un
- 2 stakan shakar
- ¾ stakan kakao
- 2 choy qoshiq razrixlitel
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 stakan sut
- ½ stakan o‘simlik yog‘i
- 2 ta katta tuxum
- 2 choy qoshiq vanilin
- 1 stakan qaynoq suv
Tayyorlanishi:
- Duxovkani 180 darajada qizdiring va keks qolipini yog‘lab, ustiga un seping.
- Bitta idishda un, shakar, kakao, razrixlitel va tuzni aralashtiring.
- Boshqa idishga sut, o‘simlik yog‘i, tuxum va vanilinni solib aralashtirib ko‘pirtiring.
- Quruq mahsulotlarni asta-sekin suyuq aralashmaga qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
- Ustidan qaynoq suvni quying va xamirni silliq holga kelguncha aralashtiring.
- Tayyor xamirni qolipga quying va oldindan qizdirilgan duxovkada taxminan 30–35 daqiqa davomida pishiring.
- Soviganidan so‘ng ustiga shokoladli krem yoki shakar upasi sepib dasturxonga tortishingiz mumkin.
2. Klassik Brauni
Masalliqlar:
- 1/2 piyola eritilgan sariyog‘
- 1 piyola shakar
- 2 dona katta tuxum
- 1 choy qoshiq vanilin
- 1/2 piyola un
- 1/3 piyola kakao
- 1/4 choy qoshiq tuz
Tayyorlanishi:
- Duxovkani 180 darajada qizdiring va yog‘langan kvadrat shakldagi qolipga un seping.
- Eritilgan sariyog‘ va shakarning aralashtiring.
- Tuxumlarni birin-ketin qo‘shing va har safar yaxshilab aralashtiring.
- Vanilinni qo‘shing va aralashtiring.
- Quruq masalliqlarni qo‘shing va bir hil massa hosil bo‘lguncha aralashtiring.
- Aralashmani qolipga quying va 20–25 daqiqa davomida pishiring.
3. Turk shirinligi shekerpare
Masalliqlar:
- 2 piyola un
- 1 piyola manniy yormasi
- 1 piyola shakar
- 1 piyola yumshatilgan sariyog‘
- 1 dona katta tuxum
- 1 choy qoshiq vanilin
- 1 dona razrixlitel
- 1 piyola suv
Tayyorlanishi:
- Pechni 180 darajada qizdiring va yog‘li qog‘oz solingan pishirish patnisiga un seping.
- Un, manniy yormasi, shakar, sariyog‘, tuxum, vanilini va razlixlitelni bitta idishga solib aralashtiring.
- Aralashmaga suv qo‘shing va xamir qorib oling.
- Xamirni yong‘oqcha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘ling va qo‘llaringiz bilan yumaloq shaklga keltiring. Tayyor bo‘lgan yumaloqlarni pishirish patnisiga terib chiqing va 20–25 daqiqa davomida pishiring.
- Sharbati uchun suv va shakarni qozonga soling va shakar to‘liq eriguncha aralashtiring. Keyin limon sharbatini qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
- Duxovkada pishib chiqqan shakarparelarni darhol sharbatini quying, shimib olishi uchun 1–2 soatga qoldiring.
- Dasturxonga tortishdan oldin ustiga kokos kukuni sepilsa yoki maydalangan yong‘oq bilan bezatilsa, shirinligimiz yanada mazali bo‘ladi.
Siz ham bu retseptlar asosida mazali va lazzatli bo‘lgan shirinliklarni tayyorlashingiz mumkin. Yana ko‘proq mazali shirinlik retseptlari uchun bizni kuzatishda davom eting!