Bred Pitt muxlislari Ines de Ramon bilan ishqiy munosabatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi

Share post:

“Oskar” mukofoti sohibi, 61 yoshli Bred Pitt, 2022-yildan beri 32 yoshli nafis taqinchoqlar dizayneri Ines de Ramon bilan uchrashib kelmoqda. Ines avval  “Vampir kundaligi” serialining yulduzlaridan biri bilan turmush qurgan edi

O‘tgan dushanba kuni qizg‘in munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilgan holda qizil gilamda ko‘ringan juftlik, ertasi kuni Nyu-Yorkda yana diqqat markazida bo‘ldi.

Bu juftlik hashamatli Nyu-York mehmonxonasiga mos holda, moviy rangdagi kiyimlarda mehmonxonani tark etayotganda suratga tushgan.

Yaqinda o‘ziga “o‘rta yosh inqirozi” uslubidagi yangi imij bergan aktyor Bred Pitt — ko‘k rangli “Gucci” kombinezonida, Ines esa “Marine Serre” brendiga oid jinsi korset va shimda ko‘rinish berdi.

Ular bir xil uslubdagi quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar taqib, katta sumkalar ko‘tarib, mashinaga yo‘l olishdi.

Bu bir-biriga uyg‘unlashgan kiyimlar juftlikning munosabatlari haqida nimadandir darak berayotgandek. Chunki Bred Pittning yaqin insoniga mos kiyinish odati bor. Bilasizki, avvallari Anjelina Joli, Gvinet Peltrou va Jennifer Aniston bilan bo‘lganida ham ularning soch stili va kiyinish uslubini takrorlagani bilan mashhur edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...