“BAFTA–2026” g‘oliblari bilan tanishing

Share post:

2026-yilgi “BAFTA” taqdirlash marosimi London shahrida bo‘lib o‘tdi va kino olamidagi eng yorqin yutuqlarni e’tirof etdi. 79-marotaba tashkil etilgan mukofotlash oqshomi nafaqat g‘oliblar, balki sahnadagi kutilmagan nutqlar va emotsional lahzalar bilan ham yodda qoldi.

Bu yilning mutlaq yetakchisi —“Jang ortidan jang” filmi bo‘ldi. Film 6 ta muhim nominatsiyalarda g‘olib chiqib, marosimning eng ko‘p mukofot olgan loyihasiga aylandi. Kartina rejissyori Pol Tomas Anderson “Eng yaxshi rejissyor” mukofotini qo‘lga kiritdi. Uning sahnadagi nutqi tomoshabinlar tomonidan uzoq olqishlandi.

  • Eng yaxshi bosh roldagi aktyor– Robert Aramayo“Qasam ichaman”
  • Eng yaxshi bosh roldagi aktrisa – Jessi Bakli“Hamnet”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor – Shon Pen“Jang ortidan jang”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa – Vunmi Mosaku“Gunohkorlar”
  • Eng yaxshi animatsion film – “Hayvonlar shahri 2”
  • Eng yaxshi hujjatli film – “Janob hech kim Putinga qarshi”
  • Eng yaxshi bolalar va oilaviy film – “Boong”

Bir nechta g‘oliblar o‘z nutqlarida kino sanoatidagi tenglik va ijod erkinligi mavzusiga to‘xtaldi. Tomoshabinlar zalida kutilmagan hazillar va samimiy sahna orti lahzalari marosimga iliq kayfiyat bag‘ishladi.

Kechaning eng ta’sirli lahzalaridan biri — “BAFTA” maxusu mukofotining topshirilishi bo‘ldi. Bu sovrin kino sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi va bu yil u mashhur prodyuser Donna Langliga topshirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

HBO “Ajdarho uyi” uchinchi mavsumi tizerini taqdim etdi

Uchinchi mavsum Targaryenlar o‘rtasidagi fuqarolar urushi — “Ajdarlar raqsi” voqealarini davom ettiradi. HBO House of the Dragon serialining uchinchi...

Taniqli reper Bed Banni ilk bor kinoda bosh rolni ijro etadi

Reper Bed Banni “Puerto Riko” filmida bosh rolni ijro etadi Puerto-rikolik mashhur reper Bed Banni faoliyatida yangi bosqichni boshlamoqda....

Gollivudni hayratlantirgan Tom Kruz va Bred Pitt ishtirokidagi rolik (AI)

Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan qisqa metrajli rolik kino sanoati gigantlarini jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Dunyoga mashhur yulduzlar —...

Chonguk Hublot brendining global elchisi bo‘ldi

Shveysariya lyuks soat brendi Hublot BTS a’zosi Chongukni o‘zining yangi global elchisi etib tayinladi. Hamkorlik Seulda (Janubiy Koreya)...