Ariana Grande 7 yillik tanaffusdan soʻng qaytdi

Share post:

Pop-musiqa qirolichasi Ariana Grande uzoq kutilgan “The Eternal Sunshine Tour” keng koʻlamli dunyo turiga 6-iyun kuni rasman start berdi. Bu uning 2019-yildagi rekordlarni yangilagan “Sweetener World Tour”idan keyin, yaʼni naqd 7 yillik tanaffusdan soʻng sahnaga ilk qaytishidir.

Ilk ochilish konserti AQShning Kaliforniya shtati, Oklend shahridagi “Oakland Arena”da boʻlib oʻtdi. Qoʻshiqchi oʻz muxlislariga unutilmas shou taqdim etdi.

Konsert dasturi shunchaki qoʻshiqlar toʻplami emas, u yaxlit bir hikoyadir. Shou bir nechta qismlarga boʻlingan boʻlib, Ariana hayotidagi shirin xotiralar, ogʻriqli ayriliqlar, ruhiy sogʻayish va yangi hayot bobini musiqiylik va vizual teatr elementlari orqali ochib beradi.

Dasturdan xonandaning yettinchi “Eternal Sunshine” albomi hamda “Positions” (2020) albomidagi yangi hitlar joy olgan. Shuningdek, u eski afsonaviy taronalarini ham ijro etmoqda:

Ariana oʻzining kutilayotgan 8-albomidan joy olgan mutlaqo yangi “Hate That I Made You Love Me” taronasini ilk bor jonli ijro etdi.

Ushbu turne 41 ta katta shouni oʻz ichiga oladi. Ariana yoz davomida Shimoliy Amerikaning yirik shaharlarida (Los-Anjeles, Bruklin, Chikago, Atlanta) chiqish qiladi. Tur sentabr oyida Londonning mashhur “The O2” arenasida yakunlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...