Beyonse Londondagi konsert dasturini yakunlab, o‘z rekordini yangiladi

Share post:

Beyonse dushanba kuni Londonda boʻlib oʻtgan oltinchi va soʻnggi konsert dasturini yakunladi va “Tottenxem Xotspur” stadionida avval oʻzi oʻrnatgan rekordni yangiladi. 

43 yoshli qoʻshiqchining bu safargi “Kovboy Karter” konsertlari — 5, 7, 10, 12, 14 va 16-iyun kunlari boʻlib oʻtgan jami 275 mingdan ortiq muxlisni jalb qildi va taxminan 61 million AQSh dollar daromad keltirdi. Bu natijalar stadion tarixida har qanday san’atkor uchun eng katta chipta sotuvi va eng yuqori daromad hisoblanadi.

Beyonse endi “Tottenxem Xotspur” stadionida eng koʻp konsert bergan san’atkor sifatida tarixga kirdi. U avvalgi rekordni ham oʻzi 2023-yilda “Renaissance World Tour” doirasidagi konsertlari bilan oʻrnatgan edi.

Yangi rekordlar orasida:

  • Stadion tarixida biror san’atkor tomonidan oʻtkazilgan eng koʻp konsert (6 ta)
  • Eng koʻp chipta sotilgan konsertlar (275,000+ chipta)
  • Eng yuqori daromadli san’atkor chiqishlari

Bularning barchasi Beyonsening musiqiy karerasi va sahnadagi ustunligini yana bir bor tasdiqladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Robert Pattinson va Suki Uoterhaus uzoq vaqtdan so‘ng birga ko‘rinish berdi

Robert Pattinson va Suki Uoterhaus uzoq vaqtdan keyin jamoat oldida birinchi marta paydo bo‘ldi. Juftlik “Oskar” marosimidan keyingi...

“Oskar” taqdirlash marosimidagi eng chiroyli obrazlar

Har yili o‘tkaziladigan “Oskar” mukofoti kino yutuqlari, balki moda olamining ham eng muhim voqealaridan biri hisoblanadi. 98-marotaba tashkil...

“Oskar–2026” mukofoti g‘oliblari bilan tanishing

15-mart kuni Los-Anjelesdagi “Dolby” teatrida “98-Oskar” mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda yilning eng yaxshi filmlari, aktyor...

Makoley Kalkin Los-Anjelesda 10 million dollarga villa oldi

Mashhur  juftlik Makoley Kalkin va Brenda Song Los-Anjeles hududida yangi mulk sotib olishdi. TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, ular obyektni...