Özbekiston teatrlari bellaşdi: Respublika teatr san’ati festivali ğoliblari aniqlandi

Share post:

16–21-noyabr kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan Respublika teatr san’ati festivali ötkazildi.
Festival doirasida Özbekistonning turli hududlarida işlayotgan Professional teatr jamoalarining spektakllari namoyiş etilib, milliy teatr san’atining bugungi holati, ijodiy yutuqlari va rivojlaniş istiqbollari muhokama qilindi.
Festivalning oçiliş marosimi 16-noyabr kuni Özbek Milliy akademik drama teatrida ötkazildi. Oçiliş dasturi teatr foyesida teatrlaştirilgan tomoşalar bilan boşlandi. Şundan söng Özbek Milliy akademik drama teatrining “Birinçi qaldirğoç” spektakli namoyiş etildi.
17-noyabr kuni esa Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Momo yer”, Samarqand viloyati qöğirçoq teatrining “Krasnыe başmaçki” hamda Qaşqadaryo viloyati musiqali drama teatrining “Millat fidoyisi” spektakllari namoyiş etildi.
Festivalning 3-kunida Andijon viloyati qöğirçoq teatrining “Ali bobo va qirq qaroqçi”, Özbekiston davlat yoş tomoşabinlar teatrining “Nasriddin Afandi” hamda Samarqand viloyati rus drama teatrining “Legko li bыt advokatom” spektakllari körsatildi.
19-noyabrda esa Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Tebranmas yuraklar”, Özbekiston davlat drama teatrining “Işlagandek bölaylik” hamda Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat akademik musiqali teatrining “Tongni kulib qarşi ol” spektakllari namoyiş etiladi.
20-noyabr kuni Xorazm viloyati musiqali drama teatrining “Manqurt”, Farğona viloyati qöğirçoq teatrining “Çemodan” hamda Farğona viloyati musiqali drama teatrining “Laylaklar nolasi” spektakllari taqdim etildi.
Spektakllar Özbek Milliy akademik drama teatri, Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat akademik musiqali teatri, Özbekiston davlat drama teatri, Özbekiston davlat yoş tomoşabinlar teatri hamda Özbekiston davlat akademik rus drama teatri sahnalarida namoyiş etildi.
Festivalning oxirgi kuni 21-noyabrda tantanali yopiliş va taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda San’at Dunyosi jamoasi ham iştirok etdi.
Tadbir yakunida 17 ta nominatsiya böyiça eng yaxşi spektakllar, aktyorlar, rejissorlar va boşqa ijodkorlar taqdirlandi.

Unda Özbekiston davlat drama teatri jamoasi “Işlagandek bölaylik” spektakli bilan “Eng yaxşi dramatik spektakl” nominatsiyasida ğolib çiqib, 81,6 million sömga ega çiqişdi.
Samarqand viloyati qöğirçoq teatri jamoasi esa  “Eng yaxşi qöğirçoq spektakli” nominatsiyasida tengsiz deb topildi va 54,4 million söm mukofot pulini qölga kiritişdi.
Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bölgan “Nasriddin Afandi” spektakli rejissori Şuhrat Ibragimov esa “Eng yaxşi rejissor” nominatsiyasini yutdi va13,6 million söm bilan taqdirlandi. Qolgan jamoalar ham mos ravişda mukofot pullari bilan taqdirlandi.
Ğoliblarga diplom va pul mukofotlarini madaniyat vazirining birinçi örinbosari Nodirbek Sayfullayev topşirdi.
 


Eslatib ötamiz, festivalning asosiy maqsadi teatr jamoalari örtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlaş, tajriba almaşiş, iste’dodli san’atkorlarni qöllab-quvvatlaş hamda milliy teatr san’atini rivojlantirişdan iborat.
Festival ikki bosqiçda — saralaş va respublika bosqiçlarida ötkazildi. Birinçi bosqiçda — davlat teatrlari va teatr-studiyalar tomonidan taqdim etilgan spektakllarning videoyozuvlari hakamlar hay’ati tomonidan körib çiqilgan.
Festivalda namoyiş etiladigan spektakllar sohaning yetakçi mutaxassislaridan taşkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Baholaş jarayonida sahna asarlarining badiiy-ğoyaviy saviyasi, mavzuning dolzarbligi, rejissorlik yeçimi, aktyorlarning ijro mahorati, sahna bezagi, ijodiy yangiliklar va zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Merayya Keri obrazida yangi Barbi qöğirçoği çiqarildi

Maşhur amerikalik xonanda Merayya Kerining 1994-yilda taqdim etilgan "Merry Christmas" albomi muqovasidagi obrazidan ilhomlangan yangi Barbi qöğirçoği yaratildi.Bu...

Disney “Rapunsel” filmining suratga oliş işlarini yakunladi

Disney kompaniyasi maşhur “Rapunsel: Çigal hikoya” (“Tangled”) multfilmining haqiqiy aktyorlar iştirokidagi yangi talqinini suratga olişni yakunladi. Film 2028-yil...

Yangi Jeyms Bondning gonorari 100 million dollarga yaqinlaşmoqda

Britaniyalik aktyor Robert Pattinson yangi Jeyms Bond filmida suratga tuşiş uçun ötkazilgan kinosinovning özidayoq 1 million dollar gonorar...

«Garri Potter» olamiga oid ikkita yangi kitob 2027-yilda naşr etiladi

Britaniyaning "Bloomsbury Publişing" naşriyoti "Garri Potter" olamiga bağişlangan ikkita yangi illyustratsiyali kitob çiqarilişini e’lon qildi. Ular professor Minerva...