Netflixning Amir Temur haqidagi filmi premyerasi vaqti ma’lum bo‘ldi

Share post:

2022-yilda Netflix tomonidan suratga olina boshlagan “Temurlang. So’nggi jahongirning yuksalishi” filmi premyera uchun dayarli tayyor. O’zbekiston tarixi va buyuk sarkarda hayotini kengroq yoritishga qaratilgan film O’zbekiston, Qozog’iston hamda Aqsh kino ijodkorlari tomonidan O’zbekiston va Qozog’iston hududlarida suratga olingan.

Rejissiyor Jeykob Shvarts boshchiligida yaratilgan ushbu tarixiy filmda temuriylar sulolasi asoschisi Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi hamda u qoldirgan meros haqidagi voqealar yoritilgan. Ssenariy muallifi – Metyu Grin bo’lib, Temurlang rolini Kristian Mortensen, uning raqibi Amir Husaynni – Mahesh Jadu, rafiqasi Aljayni o’zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.

“Filmda Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi hamda u qoldirgan meros haqida hikoya qilinadi. Suratga olish jarayonining markazi O‘zbekiston bo‘ldi. Biz mintaqadagi eng muhim tarixiy shaxslardan birining kinotasvirini aynan u yashagan va jang qilgan hududlarda yaratdik. Bu suratga olish jarayoni biz uchun juda qadrli bo‘ldi”, deydi loyiha mualliflari.

Filmni suratga olish ishlari o’tgan yilning kuzida yakunlangan bo’lib, hozirda u post-prodakshn bosqichiga o’tgan. Taxminlarga ko’ra, premyera joriy yil yoz oxirida bo‘lib o’tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Sud Bred Pitt foydasiga qaror chiqardi

Bred Pittning vinochilik biznesi bo‘yicha Anjelina Joli bilan sud ishida aktyor kichik g‘alabaga erishdi. Bu haqda People nashri...

“Lilo va Stich” haqida yangi loyiha e’lon qilindi

Mashhur “Lilo va Stich” franshizasi kengayishda davom etmoqda. Filmning ikkinchi qismi ustida ishlar olib borilayotgan bir paytda, ijodkorlar...

“Qizim endi meni tanqid qiladigan bo‘lib qoldi” — Gulmira Muhammedova qizi bilan tortishuvlari haqida gapirdi

Aktrisa Gulmira Muhammedova qizi Shahzoda Muhammedova bilan ayrim masalalarda fikrlari tez-tez to‘qnash kelishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga...

“Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi start oldi

24–25-iyun kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganining 35 yillgi munosabati bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi...