“Homay” xiti ijrochisi Adel Shayxitdinova turmushga chiqdi

Share post:

“Homay” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Adel Shayxitdinova Aleksey Xayrov bilan turmush qurdi. Juftlik 3-oktyabr kuni Ufadagi FHDYO bo‘limida nikohini rasmiylashtirgan.

Aleksey Xayrov Ufadagi neft universitetini tamomlagan va hozirda biznes bilan shug‘ullanadi. U sayohat hamda ekstremal mashg‘ulotlarga qiziqishi bilan tanilgan.

Adel va Aleksey ilk bor jamoatchilik e’tiboriga joriy yilning fevral oyida birga tushgan. Yozda esa xonanda MUZ-TV mukofotlash marosimida uzuk taqib chiqqan va shu orqali unashtirilgani haqidagi taxminlarga sabab bo‘lgan. Adelning otasi va guruhdagi hamkasbi Ruslan Shayxitdinov o‘shanda kuyov haqida ijobiy fikr bildirgan. Juftlik to‘yni 2027-yil yozida o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Biroq nikohni rasmiylashtirishni ortga surmay, marosimni hozir o‘tkazishga qaror qilgan. Endilikda Adel va Aleksey to‘y tantanasini keyingi yil yozida nishonlashni rejalashtirmoqda

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Digger” — Tom Kruzning eng past baholangan filmi

Alejandro Gonsales Inyarritu rejissyorligidagi, Tom Kruz bosh rolni ijro etgan “Digger” komediyasi tomoshabinlardan kutilgan bahoni ololmadi. Film CinemaScore...

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...