Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Share post:

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan sanada ham konsert bo‘lib o‘tmadi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, tadbir tashkilotchilari konsert o‘tkazish uchun zarur shartlarni ta’minlamagan. Jumladan, sahna xonanda jamoasi talablariga muvofiq tayyorlanmagan, texnik va maishiy rayderlar bajarilmagan. Shuningdek, xonanda va uning jamoasi uchun chiptalar olinmagan hamda turar joy band qilinmagan.
“Bunday sharoitda konsert o‘tkazishning imkoni yo‘q. Uchrashuvimiz yana amalga oshmagani meni juda xafa qildi. Bilaman, ko‘pchiligingiz bu kunni kutgandingiz”, — dedi xonanda.
Maksim konsertning o‘tkazilmasligiga uning yoki jamoasining tomonidan hech qanday to‘siq bo‘lmaganini ta’kidladi. Xonanda Kaliningradga borish niyatida ekanini va zarur shartlarni ta’minlay oladigan yangi tashkilotchilarni izlayotganini bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...