Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi.
Filmni “Yozning 500 kuni” va “Yangi o‘rgimchak odam” filmlari rejissyori Mark Uebb suratga olgan.
“Abadiy sayyoh”da voqealar shaxsiy yaxtada ishlaydigan barmen qiz atrofida rivojlanadi. U yaxtadagi sirli yo‘lovchi bilan tanishgach, kutilmaganda jinoyat olamiga aralashib qoladi. Qahramonlar tez orada ta’sirli jinoiy shaxs bilan yuzma-yuz keladi.
Filmda Jonni Depp va Penelopa Kruzdan tashqari boshqa aktyorlar ham ishtirok etadi.
“Abadiy sayyoh” filmining premyerasi 2027-yil 25-martga rejalashtirilgan.

