“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida yaratilgan film Amir Temurning bolalik yillari, uning shakllanish davri va kelajakda buyuk sarkarda sifatida voyaga yetishi haqida hikoya qiladi.
Loyihani Madaniyat vazirligi maslahatchisi Rauf Nabiyev hamda “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi jamoasi amalga oshirgan.

Filmning xalqaro tanlovdagi muvaffaqiyatidan so‘ng “AI Film Awards” tashkilotchilari festivalning navbatdagi global anjumanini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan. Hozirda Madaniyat vazirligi va “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi festivalni kelasi yili Toshkentda tashkil etish masalasini muhokama qilmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, dunyoning turli mamlakatlaridan raqamli san’at va sun’iy intellekt yo‘nalishida ijod qiluvchi mutaxassislar Toshkentda jamlanadi.

