“Kalmar o‘yini” serialidagi Front Man obrazi bilan tanilgan aktyor Li Byon-hon va serial yaratuvchisi Xvan Don-hyok yangi “K.O. Club” filmi uchun yana birga ishlaydi.
Ilmiy-fantastik triller janridagi film voqealari yaqin kelajakda kechadi. Unda boylik evaziga biologik yoshni saqlab qolish mumkin bo‘lgan jamiyat va bunday imkoniyatdan mahrum yosh avlod o‘rtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Filmda “Kalmar o‘yini” aktyori Pak Xe-su ham ishtirok etadi. Suratga olish ishlari 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bu Xvan Don-hyokning qariyb o‘n yildan keyingi ilk to‘liq metrajli filmi bo‘ladi.

